Buxoro viloyati hokimligi, mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat Komissiyasi hamda sektor rahbarlari tomonidan barcha tumanlarda “Og‘ir” toifadagi yoshlarning masalalari o‘rganilgan holda mavjud muammolarni tezkorlik bilan hal etish choralari ko‘rilyapti.
Jumladan, viloyat 4-sektor ishchi guruhi ham G‘ijduvon tumanida jami 160 nafar yoshlarning xonadonida bo‘lib, ularning rejalari va muammolarini o‘rgandi. O‘rganishlar natijasida har bir yoshning muammosidan kelib chiqib, “Yo‘l xarita” tasdiqlandi. E’tiborlisi, uchrashuvlar jarayonida targ‘ibot ishlari orqali norasmiy band bo‘lgan yoshlarni o‘zini-o‘zi band qilish orqali rasmiy sektorga o‘tkazish choralari ham ko‘rilmoqda.
Shuningdek, har bir mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan va ishsiz yoshlarni “Yoshlar daftari” ga kiritish, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kredit, yer ajratish va subsidiyalar berish orqali bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli ishlar olib borilmoqda.
Viloyat 4-sektor rahbari M.Mamatxanov mazkur tumanda o‘ziga biriktirilgan “Og‘ir” toifadagi bir guruh yoshlarning xonadonida bo‘ldi. Ularning ehtiyojlari, talab va istaklari, taklif va tashabbuslarini o‘rgandi. Sektor rahbari tumanning “Tarxanon” mahallasida yashovchi Fotima va Zuhro Fayzullayevalarning xonadonida bo‘lib, ular bilan sog‘ligi, yashash sharoiti va istaklari xususida suhbatlashdi. Suhbat jarayonida ayni paytda Buxoro shahridagi maxsus maktab internatning 9-sinfida tahsil olayotgan opa-singillarning ishtiyoqi va istagidan kelib chiqib, ularga o‘zlari tanlagan yo‘nalishda tayyorlov kurslariga qatnashish va mashg‘ulotlar to‘lovlarini to‘lashda amaliy yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi. Xuddi shunday ushbu mahallada istiqomat qilayotgan, tumandagi 17-maktabning 9-sinf o‘quvchisi Ozoda Sayfulloyevaga ham 2023-2024 o‘quv yili uchun tayyorlov kurslari to‘lovlarini to‘lashda amaliy yordam ko‘rsatilishi belgilandi.
Mazkur mahallada yashovchi Gulniso Farmonova viloyat 4-sektor rahbari bilan suhbatda tikuvchilikka qiziqishi borligi, ammo tikuv mashinasini xarid qilishga imkoni yo‘qligi sabab o‘z tadbirkorligini boshlay olmayotganini bildirdi. Quvonarlisi, sektor rahbarining ko‘magi bilan uning rejalari amalga oshadigan bo‘ldi. Chunki, shu kunning o‘zida unga tikuv mashinasi berildi.
– Juda xursand bo‘ldim, – deydi Gulniso Farmonova. – Endi mening ham tikuv mashinam bor. Endi tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman. Buning uchun Yurtboshimga rahmat.
Sektor rahbari ushbu mahallada nogironligi bo‘lgan va surunkali kasalikka chalingan Sevara Sayfullayeva hamda Samoyiddin Husenovlar yashayotgan xonadonda ham bo‘ldi. Ularning oilaviy sharoitidan kelib chiqib oilasi uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. “Soktari” mahallasida yashovchi 2-guruh nogironi Shamshod Roziqovga esa ayni paytda zarur bo‘lgan eshitish moslamasi berildi.
Ayni paytda viloyat 4-sektor rahbarining G‘ijduvon tumanida “og‘ir” toifadagi yoshlarning masalalarini hal etishga qaratilgan ishlari davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |