Namangan viloyati Pop tumanida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi. Unda Sog‘liqni saqlash vaziri maslahatchisi Sanjarbek Tursunov, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Abdulhodi Iminov ishtirok etdi.
– Farzandim Sulaymon yurak xastaligidan aziyat chekardi. Yaqinda Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Namangan filiali tajribali shifokorlari jarrohlik amaliyoti o‘tkazib, o‘g‘limni sog‘lom hayotga qaytarishdi, – deydi Mohichehra Lochinova. – Bundan judayam xursandman. Shu munosabat bilan shifokorlarga minnatdorlik bildiraman.
Sayyor qabul va tibbiy ko‘rik davomida Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Namangan filiali, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi xodimlari tomonidan sog‘ligida muammosi bor keksalar, nogironligi bor kishilar va bolalarga o‘ndan ortiq yo‘nalishlar bo‘yicha yuqori malakali tibbiy xizmat ko‘rsatildi.
– Yoshim to‘qsonga yaqinlashgan. Salomatligi haqida qayg‘urgan odam uzoq yashaydi. Sog‘lig‘imda ayrim muammolarni seza boshladim, shuning uchun ko‘rikka keldim, – Shomirali ota Yo‘ldoshev. – Viloyatimiz markazidan kelgan mohir shifokorlar tekshiruv xulosalariga ko‘ra tegishli dori-darmonlarni yozib berishdi. Uzog‘im yaqin bo‘ldi, xursandman.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi Jamoatchilik bilan ishlash sho‘’basi rahbari Feruza Otaxonovaning qayd etishicha, ko‘riklarning o‘zida salkam 500 nafarga yaqin kishi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. Sayyor qabul paytida 24 nafar xastahol salomatligini tiklash bo‘yicha murojaat etdi. Ularni bezovta qilayotgan kasalliklarni davolash choralari ko‘rilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |