Davlatimiz rahbari topshirig‘i asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli Ishtixon tumanida o‘tkazildi.
Aholi bilan muloqot qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish maqsadida tashkil etilgan qabulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokuror, Ichki ishlar vaziri, shuningdek, soliq qo‘mitasi, Prezident Xalq qabulxonalari va boshqa vazirlik, idoralar rahbarlari qatnashdi. Ular Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Navoiy viloyatlaridan kelgan aholining murojaatlarini eshitdi.
Samarqandlik yosh tadbirkor Nurillo Abdumajidovning Oliy sud raisiga murojaatidan so‘ng nazorat kassa apparatida noto‘g‘ri summaga chek urilgani oqibatida ortiqcha hisoblangan 30 million so‘mdan ziyod soliq qarzdorligi sud tartibida bekor qilindi. Ichki ishlar vaziri bilan muloqotlar natijasida 8 nafar sobiq xodim ichki ishlar organlariga ishga tiklandi. Xususan, surxondaryolik Mansur Shukurov 12 yil, samarqandlik Bekmirza Bahodirov esa 13 yil deganda yana qadrdon sohasiga ishga qaytyapti. Tizimda ishlash istagini bildirgan 24 nafar murojaatchiga navbatdagi tanlovda qatnashishga ruxsat etildi. Shu kuni Ichki ishlar vaziri P.Bobojonov va vazirlik mas’ullari tomonidan 518 ta murojaat qabul qilinib, 297 tasi ijodiy hal etildi. Bosh prokuratura mas’ullari bilan muloqotlardan so‘ng ishtixonlik Sayyora Shokirovaning ham bag‘ri butun bo‘ldi. Yetkazilgan zararni ma’lum muddatda qoplash sharti bilan ayolning 24 yashar o‘g‘liga nisbatan qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasi bekor qilindi. Umuman, Bosh prokuror N.Yo‘ldoshev va prokuratura organlari tomonidan 353 nafar fuqaroning murojaati eshitildi. Bu murojaatlarning 91 tasi joyida hal etildi, 260 tasi ko‘rib chiqish uchun ish yurituviga qabul qilindi. Ommaviy qabul davomida Soliq qo‘mitasi mutasaddilariga 14 ta murojaat bo‘ldi. Ularning ba’zilari ijobiy hal etilgan bo‘lsa, o‘rganish talab etiladiganlari nazoratga olindi. Shuningdek, Samarqand viloyati hokimi, boshqarma va idoralar mas’ullari ham jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qildi. Ularni qiynab kelayotgan muammo va masalalarni eshitib, har bir murojaatni qonun doirasida hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Umuman, Ishtixondagi ommaviy qabulda 2 ming 294 ta masala ko‘rib chiqilib, 1 ming 33 tasi joyida hal qilindi. 87 nafar murojaatchiga huquqiy maslahat va tushuntirish berilgan bo‘lsa, 1 ming 174 ta masala nazoratga olindi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |