2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Vazir Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari bilan muloqot qildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari bilan muloqot qildi.

Vazir institut talabalari bilan uchrashuvda har bir sohada izlanuvchan, raqobatbardosh kadrlar zarurligi, xususan qishloq xo‘jaligi sohasiga innovatsiyalarni joriy etishda yoshlarning o‘rni muhim ekanini qayd etdi. Talabalar faqat auditoriyalarda saboq olish bilan chegaralanmasdan, o‘z bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlab borishlarini ta’kidladi.  

Shuningdek, I.Abdurahmonov institutda quyosh panellarini o‘rnatish jarayonlari bilan ham tanishdi. Hozirda oliygoh binolarida 50 kVli quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, yangi o‘quv yiliga qadar 578 kV hajmdagi quyosh panellarini ishga tushirish rejalashtirilgan.  

Uchrashuv davomida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalar turar-joyidagi sharoitlar o‘rganildi. Hozirda institutning 2 ta talabalar turar joyida 1 ming 460 nafar yoshlar istiqomat qilmoqda.  Shu yilning oxirgi ikki oyi davomida institutning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 300 o‘rinli talabalar turar-joyi to‘liq ta’mirlanib, oshxona, kutubxona, sport va karaoke zallari hamda  “book-safe” talabalar ixtiyoriga topshirildi.  

Yangi o‘quv yilida turar joyga ehtiyoji bor talabalarni to‘liq qamrab olish maqsadida DXSH asosida yana 600 o‘rinli talabalar turar-joyida ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur bino shu yilning sentyabr oyida foydalanishga topshiriladi.  

30.05.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar