Prezidentimiz odamlarni hayotdan, bugungi kunidan rozi qilish har bir davlat idorasi vakilining burchi va majburiyati ekanini koʻp marta taʼkidlaydi.
Viloyatlarning tuman va shaharlari ixtisoslashuviga koʻra chuqur tahlil qilinib, 4 sektorga boʻlingan holda ish olib borilayotgani barcha darajadagi rahbarlarga masʼuliyat va ish yuritishda qulaylik yaratdi.
Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbari sektoriga Guliston hamda Mirzaobod tumanlari biriktirilgan. Sektorda aholining ijtimoiy himoyasi, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini olib borishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Mirzaobod tumanidagi “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan “Nurafshon” va “Bahoriston” mahalla fuqarolar yigʻinlarida ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.
“Haqiqat” mahalla fuqarolar yigʻinidagi 9-maktabgacha taʼlim muassasasi hududda bolalarni qamrab olish jihatidan ham, texnik holati jihatidan ham talabga javob bermasdi. Qolaversa, maskan “Obod qishloq” dasturiga ham kiritilmagan edi. Shunga qaramay, muassasada umumiy qiymati 4 milliard soʻmlikdan ortiq qurilish-taʼmirlash ishlari olib borildi. Bolalarning zamonaviy va koʻrkam ikki qavatli binoda taʼlim-tarbiya olishi uchun barcha sharoit yaratildi.
Hududdan oʻtuvchi xalqaro va mahalliy yoʻllarga bogʻlangan Tinchlik, Taraqqiyot, Navroʻz mahallalari koʻchalari taʼmirlandi. Yogʻingarchilikda loy, yozda chang-tuproq boʻlib, piyodalar va transport uchun noqulayliklar tugʻdiradigan yoʻllar endi yoʻq. Bu muammo bartaraf etilib, umumiy uzunligi 3,5 kilometrdan ortiq yoʻl taʼmirlandi.
Yangi avlod qishlogʻi aholisi bir necha yildan buyon toza ichimlik suvi taʼminotidan aziyat chekib kelayotgan edi.
– Suvni tashib ichardik. Bu muammo bilan tuman hokimligiga koʻp bordik, – deydi shu mahalla faollaridan biri N.Koʻchimov. – Natija boʻlavermagach, hududimiz boʻyicha sektor rahbari, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi Joʻrabek Gʻoyibovga murojaat qildik. Murojaatimiz eʼtiborsiz qolmadi, muammo hal etildi.
Darhaqiqat, Yangi avlod qishlogʻi aholisining toza ichimlik suviga boʻlgan ehtiyojini qondirish maqsadida suv inshooti qayta taʼmirlandi.
Shuningdek, sektor vakillari tomonidan tumandagi ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar roʻyxati shakllantirilib, turli bayramlar arafasida ularning holidan xabar olinishi taʼminlanyapti. Yaqinda sektor vakillari tomonidan kam taʼminlangan oilalarga uyma-uy kirilib, ularga kuz-qish mavsumi uchun oziq-ovqat mahsulotlari va qishki kiyim-bosh ulashildi.
Muxtasar aytganda, keyingi yillarda amalga oshirilayotgan bunday ezgu ishlar aholi farovonligini yuksaltirib, odamlarda ertangi kunga ishonch tuygʻusini mustahkamlamoqda.
Abdujalol Qayumov, OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |