Murojaatlarda kimningdir dardu tashvishi, orzu-o‘ylari mujassam bo‘lib, uning ortida insonni o‘ylantirayotgan masalalar, yechimini kutayotgan muammolar turibdi.
Ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda murojaatlar bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimi joriy qilindi. Maqsad odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda bo‘lish, og‘irini yengil qilish, aholining davlat va jamiyatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdir.
Shu ma’noda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Misol uchun, joriy yilning 5 oyi davomida jami 77 652 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 34 101 tasi qanoatlantirilib, 35 372 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berilgan. 50 ta murojaat esa o‘z tasdig‘ini topmagani sababli rad qilingan. Ariza va murojaatlarning qanoatlantirilishi natijasida 24 877 nafar fuqaro va yuridik shaxsning huquqlari tiklanib, 363 mln. 587 ming so‘mdan ziyod pul mablag‘i undirib berilgan.
Byuro tomonidan tashkil qilinayotgan sayyor qabullar ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Muammolarning yechimi topilyapti, aholini o‘ylantirayotgan masalalar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilanmoqda.
Jumladan, joriy yilning 5 oyi davomida o‘tkazilgan sayyor qabullarda murojaatlar bo‘yicha mavjud bo‘lgan ijro hujjatlari yuzasidan tegishli masalalar joyida hal qilindi.
– Barchani tashvishga soladigan, “og‘riqli nuqtalardan” biri, bu oilalarning buzilishidir, – deydi MIBning Murojaatlar bilan ishlash bo‘limi bosh inspektori A.Qodirov. – Ajrimlar sababli farzandlarning moddiy va ma’naviy ta’minotiga putur yetadi. Shu bois byuroga aliment undirish masalasida ko‘plab murojaatlar kelmoqda.
E’tiborlisi, sayyor qabullarda 1000 dan ortiq oila yarashtirildi. Aliment undiruvi bo‘yicha voyaga yetmagan bolaga moddiy ta’minot to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelganlardan 150 mln. so‘mdan ortiq aliment qarzdorligi undirib berilgan.
Shuningdek, 100 nafardan ortiq alimentdan qarzdorning O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasi bilan ma’muriy javobgarlikka tortish yuzasidan hujjatlari sudga chiqarilgan bo‘lsa, bu toifadagi 50 nafar qarzdorga nisbatan Jinoyat kodeksining 122-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Aliment to‘lovlari” davlat jamg‘armasi hisobidan voyaga yetmagan farzandini moddiy ta’minlash maqsadida 582 nafar undiruvchiga 7,4 mlrd. so‘m mablag‘ to‘lab berilgan.
Odamlarning dardini eshitish, ular bilan ochiq muloqotda bo‘lish, og‘irini yengil, mushkulini oson qilish — aholining davlatga, ertangi kunga ishonchini mustahkamlaydi. Byuro tomonidan davomiy ravishda olib borilayotgan bu kabi tadbirlar ana shu maqsadlarga yo‘naltirilgan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |