"Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak", tamoyili asosida fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish borasida yurtimizda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, senatorlar hududlardagi o‘rganishlari davomida fuqarolardan tushgan murojaatlarni o‘z nazoratiga olib, qonun doirasida ijobiy hal etish ustida ish olib bormoqda.
Senat a’zolari Sirdaryo viloyati Xovos tumanida o‘rganishlar olib bordi. Shu jarayonda tumanning Yangiyer mahallasi Bobur ko‘chasida istiqomat qiluvchi M.Sherbo‘tayeva tikuvchilik yo‘nalishida tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun kredit ajratilishida hamda “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lishda amaliy yordam so‘ragan.
Murojaat yuzasidan ko‘rilgan choralar natijasida fuqaro M.Sherbo‘tayeva “Hunarmand” uyushmasi a’zosi sifatida ro‘yxatga olindi.
Tuman hokimligi tomonidan murojaatchiga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun bino va zaruriy tikuv mashinalari ajratildi.
Ayni paytda “usta-shogird” an’anasida maktab tashkil etish borasida “Hunarmand” uyushmasi bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.
Shu bilan birga, shu tumandagi Yangiyer mahallasi Mirishkor ko‘chasida yashovchi I.Hamidova ham tikuvchilik yo‘nalishida tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun bino va kredit ajratilishida hamda “Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lishda amaliy yordam so‘ragan.
Bu borada ham tezkor choralar ko‘rilib, I.Hamidova zardo‘zlik yo‘nalishida “Hunarmand” uyushmasi a’zosi sifatida ro‘yxatga olindi va unga tegishli guvohnoma taqdim etildi.
Ayni vaqtda qolgan murojaatlar qonunchilikda belgilangan normalarga muvofiq ko‘rib chiqilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |