Guliston shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Z.Mahkamovaning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi va unda fuqarolarning yuzdan ziyod murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Qabulda moddiy yordam, bandligini ta’minlash, pasport, salomatligini tiklash, bank va kredit, kadastr bilan bog‘liq muammolar, pensiya, subsidiya, uy-joy masalalari kabi ko‘plab muammoli murojaatlar tinglandi. Shuningdek, 4 nafar tazyiqqa uchragan ayollar, 13 nafar aprobatsiyada turgan ayollarning murojaatlari o‘rganilib, tegishli tartibda hal qilish choralari ko‘rildi.
Bosh vazir o‘rinbosari Z.Mahkamova Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida Guliston shahrining “Ulug‘obod” MFYda mahalla beshligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. “Ayoli e’zozlangan yurt” shiori ostida mahallada yashovchi 14 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga tikuv mashinalari topshirildi. Shuningdek, “Sog‘lom turmush tarzi” mavzusidagi ko‘rgazmali seminar hamda “Oqila ayollar” harakati a’zolari bilan uchrashuv barcha ishtirokchilar uchun qiziqarli bo‘ldi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |