2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Maxsus toifadagi yoshlar bandligi ta’minlandi

Joriy yilning 11-aprelida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar asosida yoshlar ijtimoiy holati, qobiliyati va qiziqishlariga qarab 3 toifaga ajratilib, “qizil” toifadagi yoshlar mas’ul rahbarlarga shaxsan biriktirib berilgan edi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani “Jayhun” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi aka-uka Qutlimuratovlar migratsiyadan qaytarilgan yoshlar qatorida bo‘lib, ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘iga biriktirildi.  

Boshqarma boshlig‘i I.Kazakovning o‘ziga biriktirilgan maxsus toifadagi yoshlarning qiziqishlari va qobiliyatlarini aniqlash maqsadida ular bilan o‘tkazgan ochiq suhbati davomida ular qo‘lidan ustachilik ishlari kelishini, lekin buning uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalari yo‘qligini aytib murojaat qilgan edi.  

Bugun ushbu yoshlarga o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yib, daromad topishlari uchun mas’ul bojxonachilar tomonidan zarur asbob uskunalar sovg‘a qilindi. Ushbu navqiron yigitlar uchun bu harakat katta turtki bo‘lib, kelajakda bor hunar va mahoratini ishga solib, o‘zlarining bandligini ta’minlaydi.  

17.06.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar