Xalq rahbarlarni emas, rahbarlar xalqni xizmatini qilishi, ishni mahallabay tizimda tashkil etib, aholi orasiga kirib, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilishi, dardu tashvishlarini tinglashi, fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan katta-kichik muammolarni imkon qadar joyida bartaraf etishi har qanday mansabdagi rahbarning birinchi galdagi vazifasi ekanligi Prezidentimiz tomonidan doimo ta’kidlanadi.
Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyevning Mirzacho‘l tumanida o‘tkazgan navbatdagi sayyor qabulida aholi murojaatlarini imkon qadar joyida hal etilgani, bu boradagi ishlarni to‘g‘ri tizimda tashkil etilganidan dalolat beradi.
Tadbir avvalida mahalliy tadbirkor va hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Viloyat hokimi tomonidan mirzacho‘lliklar uchun o‘tkazgan navbatdagi sayyor qabulda Prezidentning Jizzax viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov, viloyat hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i, senator Nazira Muxtorova, viloyat hamda Mirzacho‘l tumanidagi barcha mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Fuqarolarning murojaati asosan kommunal sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish, uy-joy bilan ta’minlash, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, salomatligini tiklashga amaliy yordam ko‘rsatish, moddiy yordam, tadbirkorlikni rivojlantirish, tijorat banklaridan kredit va subsidiya mablag‘lari olishda ko‘maklashish, ishga joylashish kabi muammolar haqida bo‘ldi.
Shu joyning o‘zida hal etish imkoni bo‘lgan murojaatlar yuzasidan talablar qanoatlantirildi. Atroflicha o‘rganishni taqozo etadigan dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan yechimini topish vakolatiga ega bo‘lgan mutasaddi korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlariga aniq muddat belgilanib, qat’iy nazoratga olingan holda topshiriqlar berildi.
Sayyor qabul davomida qayd etilgan murojaatlarning asosiy qismi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid bo‘lib, barchasi nazoratga olindi va ularni hal etish bo‘yicha aniq muddatlar belgilab berildi. Shuningdek, tadbir davomida bir qancha fuqarolarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va rivojlantirishi uchun sertifikatlar hamda ish jihozlari topshirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |