Shu kunlarda Oliy Majlis Senati a’zolari hududlarda bo‘lib, aholi bilan bevosita muloqotlar o‘tkazoqda.
Xususan, Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Toshkent shahrining Shayxontohur hamda Uchtepa tumanlari mahallalari, ijtimoiy-iqtisodiy ob’ektlarlarda bo‘lib, aholi vakillari, tibbiyot xodimlari, tadbirkorlik sub’ektlari bilan uchrashdi.
Dastlabki manzil - Shayxontohur tumanida yaqinda foydalanishga topishirilgan 41-sonli oilaviy poliklinika bo‘ldi. Ushbu tibbiyot muassasasi tumandagi beshta mahallada istiqomat qiluvchi 30 ming nafardan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatadi. Uch qavatli binoda sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan, tibbiyot xonalari zamonaviy tibbiy uskuna va jihozlar bilan ta’minlangan.
Oilaviy poliklinikada o‘tgan suhbat chog‘ida aholi sog‘lig‘ini saqlash borasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar, tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inini aholiga yanada yaqinlashtirish, bunda patronaj xizmatlariga ko‘proq etibor qaratish, mazkur jarayonga xalq deputatlari mahalliy kengashlarini ham jalb etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Ko‘plab iqtisodiy-ijtimoiy masalalar yechimida tadbirkorlarning o‘rni muhim. Ular hududlarning rivojlanishi, aholini ish bilan ta’minlashda yetakchi kuchga aylanib bormoqda. T.Norboyeva Uchtepa tumani Katta Cho‘ponota mahallasida joylashgan qandolatchilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi, uning ta’sischilari va xodimlari bilan suhbat qildi.
Bundan bir necha yillar avval o‘z xonadonida turli xil pishiriqlar tayyorlab, aholi dasturxoniga yetkazib bergan oila, biznesni rivojlantirish maqsadida dastlab qandolat do‘koni ochgan. Oilaviy biznes 2022 yilda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan islohotlar natijasida maydoni 15 ming kvadrat metr bo‘lgan yangi, zamonaviy qandolatchilik fabrikasi darajasiga yetdi. 30 ta ishlab chiqarish sexida 500 xildan ortiq mahsulot tayyorlanayotgan korxonada 1,9 ming nafar kishi mehnat qilmoqda, ularning 60 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.
Muloqot davomida xodimlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, korxona hududi yaqinidagi mahallalarda “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Tumanidagi “Sharq yulduzi” mahallasida esa nuroniylar, faollar va xotin-qizlar vakillari bilan samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda mahalla beshligi faoliyati, yoshlarga berilayotgan e’tibor, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish kabi masalalar bo‘yicha fikr almashildi. Xususan, bugungi kunda asosiy e’tibor mahallaga qaratilayotgani, mahalladagi muammolarni mustaqil hal etish uchun “mahalla byudjeti” joriy etilgani, ijtimoiy daftarlar orqali aholi muammolari bartaraf etilayotgani va bu ishlar davom ettirilishi ham aytib o‘tildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |