2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Botir Zaripov: “Hech kim e’tibordan chetda qolmaydi”

Buxoro viloyati Romitan tumanida kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu xayrli ishlar doirasida ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga moddiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Romitan tumani hokimi Umedjon Barnoyev tashabbusi bilan klaster va fermer xo‘jaliklar homiyligi asosida BST “Sluster Agrokompleks” MCHJga qarashli “Chelong‘u” paxta qabul qilish maskanida tumandagi “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” ro‘yxatida turuvchi ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan, ko‘makka muhtoj  375 nafar fuqarolarga bepul 150 kilogrammdan bug‘doy, 1 qop un hamda 10 donadan presslangan somon tarqatildi.

Jarayonlarda bevosita Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligida sektor rahbarlari ham qatnashdi. Rahbarlar aholini yurtimizda keng nishonlanayotgan qurbon hayiti bilan tabrikladi. Yig‘ilgan aholi vakillari bilan suhbatlasharkan, viloyat rahbari bunday xayrli ishlar hali bardavom bo‘lishini hamda hech  kim e’tibordan chetda qolmasligini ta’kidladi.

Fuqarolar ham bunday g‘amxo‘rlik va davomli e’tibor, yurtimizdagi xalqchil islohotlardan mamnunligini bildirdi.

– Men “Ayollar daftari” ro‘yxatida turaman, – deydi Dilrabo G‘aybullayeva. – Bugun bizga 150 kilogramm bug‘doy, 1 qop un hamda 10 donadan presslangan somon berishdi. Ilohim, yurtimiz tinch, mamlakatimiz obod bo‘lsin. Dehqonlarimizning yetishtirayotgan oziq-ovqat mahsulotlari yanada mo‘l bo‘lsin. Ko‘rsatilayotgan bunday g‘amxo‘rlik uchun davlatimizdan behad minnatdormiz.  

– Men “Temir daftari” ro‘yxatiga kiritilganman, – deydi Nigina To‘xtayeva. – Ko‘rsatilgan bu yordam dasturxonimizni ancha vaqt obod qiladi. Juda xursandmiz oilamiz bilan. Inson uchun salomatlik va nondan aziz narsaning o‘zi yo‘q. Buning uchun ushbu ishlar boshida turgan insonlarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.  

Tumanda ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash tadbirlari davom etmoqda.

04.07.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar