2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Keksalar doimo e’tibor va e’zozda

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining hududlarda aholini qiynayotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni o‘rganish va ularni hal etishga qaratilgan ishchi guruhi Jizzax viloyatida o‘rganish jarayonida ko‘pni ko‘rgan nuroniylar holidan ham xabar olindi.

Dono xalqimizda, qarisi bor uyning parisi bor degan ajoyib naql bor. Nuroniy otaxon, onaxonlarimiz – uyimizning ko‘rki, qalbimizni munavvar qilib turguvchi chiroq, beminnat duogo‘yimiz, pand-nasihatlari bilan umrimizni yoritguvchi quyosh, tajriba va maslahatlari bilan yoshlarimizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi yo‘lboshchidir.  

IIV MMI va KBTD boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik T.Jumanov Jizzax viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik H.Abdullayev hamda Arnasoy tumani mutasaddilari tumandagi keksa avlod vakillari holidan xabar oldi, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilib, dildan suhbatlashdi.  

Jumladan, Arnasoy tumani “Oltin vodiy” mahalla fuqarolar yig‘ini Abdulla Qodiriy ko‘chasida yashovchi 1924 yilda tug‘ilgan front orti mehnat faxriysi 99 yoshli Tugal bobo Xudoyberdiyev hamda tumandagi “Yangibo‘ston” MFY, “Bog‘ibo‘ston” ko‘chasida yashovchi 1921 yilda tug‘ilgan mehnat faxriysi 102 yoshli Anora momo Mirzayevaning holidan xabar olindi.  

Davlatimiz tomonidan qariyalar, nogironlar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnat faxriylariga yaratib berilayotgan sharoitlar, imtiyozlar borasida so‘z bordi. Faxriylarga ro‘zg‘or uchun zarur bo‘lgan 11 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.  

Bu kabi saxovat tadbirlari tumanning boshqa hududlarida ham olib borilmoqda.  

08.07.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar