2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholini himoyaga muhtoj qatlamiga saxovat va ko‘mak ko‘rsatildi

Xorazmda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami hisoblangan 167 nafar, nogironligi bo‘lgan 54 nafar, urush va mehnat fronti ortida xizmat qilgan, ammo yolg‘iz yashayotgan 11 nafar fuqaroga "Mahalla" xayriya jamg‘armasi viloyat hamda uning tuman, shahar bo‘linmalari huzurida tashkil etilgan "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi hisobidan 13,4 million, homiylar hisobidan 9,6 million so‘mlik yordam ko‘rsatildi.

– Gap pulda, moddiy yordamda emas, e’tiborda, – deydi Urganchlik Shodmon Ermetova. – To‘qsondan sakrab, yuzga yaqinlashib qoldim. Qo‘ni-qo‘shni, mahalla ko‘y sabab yakka-yolg‘iz ekanligimni unutib yubordim. Issiq jonni isitmasi bor deydi. Ana shunday kunlarda hol-ahvol so‘rab turishadi. Bayram, iydi ramazon, qurbon hayiti oldidan yo‘qlab, o‘z yordamlarini ko‘rsatyapti. Muhimi, bundan nafaqat men, men singari kishilar birdek xursand bo‘lmoqda.  

Fond hamda uning huzurida tashkil etilgan "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasi hisobidan joriy yilning o‘tgan davrida 9 ming nafar fuqaroga moddiy yordam ko‘rsatilgan bo‘lsa, sog‘lig‘ida muammosi bor, ammo davolanishga muhtoj bo‘lgan 225 nafar fuqaroni sog‘lig‘ini tiklashga, uy-joyida muammosi bor bo‘lgan 62 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatildi.  

– Bu kabi yordamlar, boshqa davlatlarda bor yoki yo‘qligini bilmayman, – deydi fondning Urganch shahar bo‘linmasi bosh hisobchisi Anajon Xudoyberganova. – Ammo, mamlakatimizda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimli yo‘lga qo‘yilib, hech kim e’tibordan chetda qolib ketmaydi. Imkon topildimi, ularga har tomonlama yordam ko‘rsatiladi. Bu tinch, farovon, har tomonlama rivoj topayotgan yurtimizga yarashadi.  

09.07.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar