Davlatimiz rahbari boshchiligida barcha vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari mahallalar kesimida aholi bilan muntazam aloqa o‘rnatib, ularning muammo va kamchiliklarini o‘rganmoqda.
Bu borada Toshkent shahri 4-sektori — shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i tomonidan ham poytaxtimiz tumanlari bo‘ylab qator amaliy sa’y-harakatlar olib borilmoqda. Jumladan, qabullar tashkil etilib, ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi qatlami qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Shaharning 4-sektorida 146 ta mahalla mavjud bo‘lib, 209 mingta oila istiqomat qiladi. O‘tkazilgan ommaviy qabullarda 78 ming 572 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi. Shundan 44 ming 602 nafari doimiy ishga, 5 ming 844 nafari mavsumiy ishga joylashdi. 7 ming 589 nafari o‘zini-o‘zi band qilish, 1 ming 916 nafari tadbirkorlik sub’ektlari tashkil qilish orqali, 20 ming 537 nafari kasb-hunarga o‘qitish, 116 nafariga subsidiya ajratilishi hisobiga bandligini ta’minlashga erishildi.
Toshkent shahar 4-sektor rahbari xonadonbay joyiga chiqqan holda Yashnobod tumani aholisining muammo va takliflarini o‘rgandi. Xatlov jarayonida qilingan murojaat ijrosi yuzasidan “Yanginur” MFYda istiqomat qiluvchi sog‘lig‘ida nuqsoni bo‘lgan Ch.Abdujabborovaning holidan xabar olinib, ularga uy sharoitida daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun go‘sht maydalagich va muzlatkich olib berildi.
To‘ytepa mahallasida yashovchi imkoniyati cheklangan R.Zubinskiyga axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘quv-kursida o‘qishi uchun so‘ralgan noutbuk yetkazib berildi. Doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun ishga joylashtirish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish belgilab olindi.
Bektemir tumanida olib borilgan o‘rganishlar davomida Zabardast mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroning ham muammosi tinglandi. Unga uy sharoitida daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun tikuv mashinasi yetkazib berildi.
Shu bilan birga, "Amir Temur" MFYda istiqomat qiluvchi xastaligi bo‘lgan, 2-bosqich talabasi Sh.Shomirzayevga darsliklarni internet orqali o‘rganib qulaylikka ega bo‘lishi uchun planshet taqdim etildi. Bundan tashqari, bandligini ta’minlash maqsadida Yashnobod tumanida joylashgan “Saxovat” korxonasiga ishga joylashtirildi.
Olmazor tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda esa tumandagi 30 dan ortiq fuqaroning subsidiya ajratilishida ko‘maklashish, bandligini ta’minlash, oliy ta’limda o‘qish uchun shartnoma mablag‘larining 50 foizini qoplab berish hamda xonadon ta’miri uchun moddiy yordam ko‘rsatish kabi muammoli masalalari tinglandi va tegishli choralar ko‘rildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |