2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xotin-qizlar uchun sayyor qabul

Jizzax viloyatida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi tashabbusi bilan ushbu sohasidagi xotin-qizlarning muammolariga amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Unda Kadastr agentligi markaziy apparati xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti rahbari S.Botirova, Davlat kadastrlari palatasi raisi maslahatchisi M.Yuldasheva, Davlat kadastrlari palatasi kasaba uyushmasi kengashi raisi E.Umarxodjayev, viloyat “Buvijonlar maktabi” jamoatchilik kengashi rahbari hamda Jizzax shahar bosh otinoyisi N.Rahmatullayeva, viloyat “Oqila ayollar” harakati yetakchisi Sh.Fozilova, psixologi X.Odiljonova hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.  

Tadbirni Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari M.Rahmatov ochib, Prezidentimizning 2022 yil 7 martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni hamda o‘sha o‘tgan yil 1 martdagi “Oila va xotin-qizlar Davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi qarorining mazmun-mohiyati, xotin-qizlarning tinchligi va turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilganligi, ularni ma’naviy-axloqiy muhitini yaxshilash, oilaning tinch-totuvligi va mehnat samaradorligining garovi ekanligini inobatga olish bo‘yicha atroflicha tushuncha berib o‘tdi.  

Shuningdek, Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Rahmatov viloyat hamda filialda faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, sharoitlar hamda uzoq yillar davomida ishlab kelayotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga moddiy va ma’naviy tomonidan alohida e’tibor berilayotganligini ta’kidladi. 

Kadastr agentligi markaziy apparati Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti rahbari S.Botirova, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotning asosiy vazifasi mehnat jamoasida faoliyat yuritayotgan ayollarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviyatini yuksaltirish hamda oilalarida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashdagi rolini kuchaytirish ishlariga hissa qo‘shishdan iboratligi tushuntirildi hamda viloyatda xotin-qizlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida ham alohida to‘xtalib o‘tdi.  

Shundan so‘ng, boshlangan sayyor qabul jarayonida xotin-qizlar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar soni 12 tani tashkil etib, 6  murojaatga joyida yechim topildi, qolgan 6 nafar murojaatchiga huquqiy maslahatlar berildi. 

Sayyor qabul jarayonida kadastr sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan ayollar tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar – oliy ta’limda o‘qishlari uchun tavsiyanoma berish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash va bir qator boshqa masalalar o‘rganilib, tegishliligi bo‘yicha amaliy yordam beriladigan bo‘ldi.  

17.07.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar