2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Namanganda Respublika ishchi guruhi tomonidan aniqlangan qator muammolar bartaraf etilmoqda

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhining navbatdagi manzili Namangan viloyati bo‘ldi.

Joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni o‘rganish, aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida tezkor shtab va viloyatning 4 ta sektori kesimida ishchi guruhlar tashkil etildi. Har bir ishchi guruh tarkibiga Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimlari, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalarining mas’ul xodimlari, respublika vazirlik va idoralari, viloyat, tuman, shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etildi.  

O‘rganishlar orqali viloyatda aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan qator muammolar aniqlandi. Jumladan, kommunal soha, elektr va ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar, ichki yo‘llar, ijtimoiy soha ob’ektlari holati hamda aholi bandligi masalalari ko‘zdan kechirildi.  

Aniqlangan muammolarni tezkorlik bilan hal etish uchun guruh mas’ullari tomonidan qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.  

Jumladan, elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida ilk kundayoq Yangi Namangan va Pop tumanlarida 59 ta temir-beton tayanchlar o‘rnatildi. Aholiga qo‘shimcha 349 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.  

Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 2,7 km. yangi tarmoq tortildi, 1 ta suv qudug‘i qazildi va 2 ta nasos uskunasi almashtirildi. Jumladan, Davlatobod tumani “Nurobod”, “Orzu”, “Gulshan”, Namangan tumani “Chorbog‘”, Kosonsoy tumani “O‘zbekiston” mahallalarida jami 2,7 km. suv tarmoqlarini yotqizish va 1 ta suv qudug‘i qazish ishlari olib borildi.  

Kredit va subsidiya ajratish, bandlik masalalari ham Respublika ishchi guruhi e’tibor markazida bo‘ldi. Xususan, tijorat banklari tomonidan 550 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlariga jami 18,3 mlrd. so‘m kredit ajratildi. Jumladan, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 66 nafar fuqaroga 1,8 mlrd. so‘m imtiyozli kredit ajratildi. Jami 183 nafar fuqaroning bandligiga ko‘maklashildi. Shundan 142 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 24 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qishga jalb etildi, 17 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.  

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi 17 nafar fuqaroga 21 mln. so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Shundan 3 nafar fuqaroga 7,5 mln. so‘mlik kontrakt to‘lovi, 2 nafar fuqaroga mehnat qurollari olishga 3,95 mln. so‘mlik hamda davolanish xarajatlari uchun 3 nafar fuqaroga 3,96 mln. so‘mlik ko‘mak berildi.  

“Ayollar daftari” ro‘yxatidagi 191 nafar xotin-qizga amaliy yordam ko‘rsatildi. Shundan 186 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlandi, 5 nafariga imtiyozli kredit chiqarishda amaliy yordam berildi.  

Aholi sog‘lig‘i himoyasini ta’minlash ham pirovard yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Viloyatda o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar natijasida 180 nafar fuqaro qamrab olindi, 86 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlangan bo‘lib, 4 nafari viloyat miqyosidagi shifoxonalarga yotqizildi. Oilaviy poliklinikalarda 24 nafar bemorlarga bepul dori-darmon tarqatildi. 5 nafar ehtiyojmand fuqarolarga reabilitatsiya vositalari yetkazib berildi.  

Ishlar davom etmoqda.  

25.07.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar