2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ohangaron: barchasi aholi farovonligi uchun

Toshkent viloyati Ohangaron tumani aholisi to‘liq elektr energiyasi bilan ta’minlangan. Tumanda 779,5 kilometr havo tarmoqlari, 252 dona transformator punkti, 17434 dona tayanch ustunlari hamda 7 dona 35-110 kV podstansiyalar mavjud.

Biroq bugungi kunga kelib ularning 30 foizi yaroqsiz holga kelib qolgan. Xususan, 1965-1974 yillarda o‘rnatilgan simyog‘ochlar va ularga tortilgan havo tarmoqlaridan hozirgacha foydalanilyapti. Kuz-qish mavsumida tumanning tog‘li hududlarida tez-tez elektr energiyasidan uzilish holatlari kuzatiladi. 

Shuning uchun tumandagi eskirgan simyog‘ochlarning 1893 donasi yangilariga almashtirildi. Ta’mirtalab holda bo‘lgan 275 kilometrdan ortiq havo tarmoqlari mukammal va 538,6 kilometr qismi joriy ta’mirdan chiqarildi. Yana 46 kilometr yangi havo tarmoqlari tortildi. Natijada tumandagi, ayniqsa, tog‘li hududlarda yashovchi aholini uzliksiz elektr energiyasi bilan ta’minlashga erishildi.

Tuman hudud jihatdan Andijon viloyatiga teng. Hududning 60 foizi tog‘lik va qirliklardan iborat. Tumanda umumfoydalanuvdagi yo‘llar 233 kilometrni tashkil etadi. So‘nggi ikki yilda tog‘li hududlardagi tuproqli yo‘llarning 183 kilometri shag‘allashtirildi, 60,4 kilometr ichki yo‘llar asfaltlandi, xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan A-373 avtomobil yo‘lining 36 kilometri joriy ta’mirdan chiqarildi. Biroq tog‘ va adirliklarda yashovchi aholi qurgan ko‘priklar yog‘ingarchilik, mavsumiy sel tufayli ta’mirtalab holatga kelib qolgan. Mahalliy aholi ko‘p marta hashar yo‘li bilan ta’mirlagan bo‘lsa ham ko‘priklar loyiha bo‘yicha qurilmagani uchun xavfsizlik to‘liq ta’minlanmagan. Bunaqa ko‘priklar 12 bo‘lib, ularning 10 tasida qurilish ishlari to‘liq yakunlangan, qolganlarida jarayon davom etmoqda.

Tumanda 34 mahalla bor. 107 mingdan ortiq aholi yashaydi. Ularning 79 foizi markazlashgan toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan. 2020 yilda bu holat 65 foizni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yil yakunigacha 88 foizga yetkaziladi. Misol uchun, Susam mahallasida 14,5 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari tortilib, aholi to‘liq toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi. 

Gaz ta’minoti uzluksizligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Tumandagi 21882 ta xonadonning 16 630 tasi tabiiy gaz bilan ta’minlangan. Tog‘li hududlarga tabiiy gaz ta’minoti yetib bormagan Chinor, Chetsuv, Ko‘ksaroy, Uvak, Gulobod, Shodmalik, Alisher, Tut, Susam va Yangihayot mahallalaridagi 1 952 ta xonadonga yil bo‘yi suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilmoqda. Iste’molchilarni tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida jami 384 GTN (GRP) demontaj qilinib reduktorlar o‘rnatildi. Aholiga quz-qish mavsumida uzluksiz, bir me’yorda tabiiy gaz yetkazib berish maqsadida barcha choralar ko‘rilmoqda. 

24.07.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar