Prezidentning Xalq qabulxonalari yurtdoshlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilishda alohida o‘rin tutadi. Shu bois ham xalqimiz yurtboshimizning e’tiboridan mamnun.
– 2018-yilning o‘tgan oylari davomida xalq qabulxonaga jismoniy va yuridik shaxslardan 1484 ta yozma va og‘zaki murojaatlar kelib tushdi, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tumanimizdagi qabulxonasi mudiri O‘tkir Mahammatov. – Ro‘yxatga olingan murojaatlarning 1049 tasi qanoatlantirildi. 597 nafar fuqaroga muammolarni hal etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Muhtaram Prezidentimiz bu muassasani xalqmanfaatini ko‘zlab tashkil etgani ayni haqiqat. Negaki, xalq qabulxonamiz tumanimiz markazida, barcha transportlar qatnaydigan ko‘cha bo‘yicha, murojaat qiluvchilar topishi ham, kelishi ham qulay joyda joylashgan. Shu yildan boshlab yangi binoga ko‘chib o‘tdik. Kutish zali, ona va bola, tibbiyot xonalari, sohalar bo‘yicha qabul bo‘limlari zamonaviy mebel va axborot texnologiyalari bilan jihozlangan.
Xalqqabulxonasiga murojaatqilayotganlarning aksariyat muammosi tegishli tashkilotlar tomonidan hal etilmagan masalalarga doir. Oylab, yillab hal etilmagan muammolar shu erda echim topishiga, mamlakatimizda amalga oshirlayotgan o‘zgarishlar samarasiga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlamoqda.
Tumanda aholiga yakka tartibda uy-joy qurish borasida ovoragarchiliklar bo‘layotgani, auktsion savdosida qatnashish uchun fuqarolar Jizzax shahriga xarajat tortib borib kelayotgani, ayrim puli bor odamlar erni auktsionda olib qimmat narxlarda sotayotgani va bu borada olib sotarlik avj olgani yuzasidan ko‘plab fuqrolardan murojaatlar kelib tushgandi. Tuman hokimligi va xalq qabulxonasi masalani qat’iy nazoratga olib, auktsion savdolarini aynan tumanda o‘tkazishga erishdi. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha mahallalar kesimida er ajratish ko‘paytirildi hamda bu boradagi kamchiliklarga to‘liqbarham berildi.
– Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yillar davomida er ololmay kelayotgandim, – deydi «Qo‘lba» mahallasida yashovchi Sitora Majidova. – Xalqqabulxonasiga murojaat qilgandim. Qisqa muddatda er olish yuzasidan auktsionda qatnashdim, uy-joy qurish uchun er olishga muvaffaq bo‘ldim. Adolatli tizimni yo‘lga qo‘ygan Prezidentimizdan behad minnatdorman. E.Kamolov nomli mahallada yashovchi Guljahon Normatova, tuman «Suvoqova» korxonasi ishchisi Ummat Ergashevlar ham murojaatlari qonuniy hal etilganidan minnatdor ekanliklarini izhor etishdi.
Xalqqabulxonasining tashkil etilishi «Inson manfaatlari – har narsadan ustun» degan ezgu g‘oyaningqaror topishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jamiyatda ro‘y berayotgan yangilanish va o‘zgarishlar, Prezidentimiz tomonidan qo‘yilayotgan talablar xalq qabulxonasi xodimlari oldiga turli vazifaga yangicha yondashuvni, har bir rahbardan odamlar dardi bilan yashash, ularning muammolarini vaqtidahal etish, xato va kamchiliklarga befarqbo‘lmaslikni talab etmoqda.
Kundalik turmushda uchraydigan barcha muammolarni qabulxonaga qilingan murojaatlar ro‘yxatida uchratish mumkin. Ularning ko‘pchiligi joylarda davlat boshqaruvi organlari, aholiga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar ish faoliyatidagi kamchilik va nuqsonlarhaqida.
Qabulxona faoliyat boshlaganidan buyon fuqarolardan ishga joylashishda yordam so‘rab, tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suv ta’minoti masalasida, aliment undirish bo‘yicha, sud qarorlari ijrosi masalasida, uy-joy, er uchastkalari ajratishga oid, sog‘liqni saqlashga doir, pensiya va nafaqa masalasida, banklardan kredit ajratish yuzasidan murojaatlar bo‘ldi. Bu murojaatlarning aksariyati qisqa muddatda hal etildi. Vaqt talab etadiganlari esa tegishli tashkilotlarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.
Ko‘pchilik murojaatlardagi masalalar joylardagi tegishli idora, muassasa va tashkilotlarning o‘zida hal etsa bo‘ladigan ishlardir. Ariza va shikoyatlarni o‘rganish joylarda boshqaruv va xizmat ko‘rsatish organlari, fuqarolar yig‘inlari o‘z vazifasini to‘liq bajarmasligi yoki murojaatlarga e’tiborsizligini ko‘rsatmoqda. Xalq qabulxonasiga tushayotgan ariza va shikoyatlar O‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»giqonuni talablaridan kelib chiqqan holda ko‘rilmoqda.
Fuqarolarninghaq-huquqlarini himoyalash, murojaatlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha yaratilgan yangi tizim yurtdoshlarimizda Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga daxldorlik, ertangi kunga, adolatning qaror topishiga bo‘lgan ishonchni yanada oshirmoqda.
Rashid KARIMOV
"Forish tongi” gazetasi
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |