Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi Oqqo‘rg‘on va Sorisuv mahallalarida "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash va og‘ir hudud toifasidan chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada 42 banddan iborat “Yo‘l xaritasi” tayyorlanib, har bir band ijrosi Respublika ishchi guruhi tomonidan muvofiqlashtirib borilmoqda.
Jumladan, hudud aholisi elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida ikkala mahallada yaroqsiz simyog‘ochlar o‘rnida 480 tayanch beton ustun o‘rnatish, uchta qo‘shimcha transformator qo‘yish, 70 dona yuqori kuchlanishli havo tarmog‘i va 10,2 kilometr SIP kabel tarmog‘i tortish rejalashtirilgan. Oqqo‘rg‘on mahallasidagi yetti va Sorisuvdagi uch ichki ko‘chaning qariyb 2 kilometr qismini shag‘allashtirish, 3,6 kilometr umumfoydalanishdagi avtomobil yo‘llarini kapital ta’mirlash ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, mahallalardagi markaziy ko‘chalarda piyodalar yo‘laklari quriladi, tungi yoritish chiroqlari o‘rnatiladi. Ariq va zovurlar tozalanadi, qabristonlar hududida obodonlashtirish ishlari bajariladi. “Xavfsiz mahalla” tamoyili asosida ko‘chalarda kuzatuv kameralari qo‘yiladi. Oqqo‘rg‘on mahallasi uchun yangi bino quriladi. Shuningdek, ta’lim va tibbiyot muassasalarida ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi, quyosh panellari o‘rnatiladi.
Mahallalarda “xonadonbay” o‘rganish asosida aholining turmush sharoitini yaxshilash, tomorqadan samarali foydalanish, bandligini ta’minlash, oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, tibbiy ko‘rik, sport musobaqalari, intellektual tanlovlar o‘tkazish, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari tashkil etish va boshqa vazifalar belgilangan. Ayni paytda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlar tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov va respublika ishchi guruhi mas’ullari ishtirokida Oqqo‘rg‘on va Sorisuvdagi ishlar viloyat tashkilotlari va Payariq tumani hokimligi mas’ullari, mahallalar faollari ishtirokida muhokama etildi. “Yo‘l xaritasi”da belgilangan har bir vazifa va chora-tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli bajarish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Amalga oshiriladigan ishlar aholi hayotini o‘zgartirishi va roziligiga xizmat qilishi zarurligi ta’kidlandi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |