2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prezident qarori amalda: aholi turmush tarzi yaxshilanmoqda

Jizzax viloyatining barcha shahar va tumanlarida “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimizning joriy yil 2 maydagi “2023 – 2025 yillarda Jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etilgan “Ayollar daftari” ro‘yxatidagi xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, ularning bandligini ta’minlashda “Mening mahallam ishsizlikdan xoli hudud” tamoyili muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Jumladan, ushbu tamoyil asosida Forish tumanida 2023 yilda “Ayollar daftari” ning 4-bosqichiga ijtimoiy ko‘makka muhtoj 2 ming 623 nafar xotin-qiz kiritildi.

Ular bilan olib borilgan manzilli ishlar natijasida joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida 989 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlandi. 

Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan 146 nafar ehtiyojmand xotin-qizlarga ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tikuvchilik, parrandachilik, maishiy xizmat ko‘rsatish, chorvachilik hamda boshqa yo‘nalishlar uchun 1 milliard 345 million so‘m tijorat banklari kredit mablag‘lari olib berildi.

Ijtimoiy yordamga muhtoj 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan hamda qaramog‘ida nogiron farzandi bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlarning 1 ming 400 nafariga 964 million 100 ming so‘m bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi. 

Davlatimiz rahbarining 2023 yil 2 maydagi, yuqorida nomi zikr etilgan PQ–146-sonli qarori ijrosi doirasida bu kabi xayrli ishlar tumanda izchillik bilan amalga oshirilishi davom ettirilmoqda. Bulardan tashqari, tumanda qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish ishlariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, tumanda jami 50 milliard 874 million so‘m mablag‘ hisobiga 15 ta ob’ektda qurilish ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shundan, yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha 14 milliard 253 million so‘m, ichimlik suv ta’minoti bo‘yicha 15 milliard 424 million so‘m, mahallalarga yangi binolar qurish bo‘yicha 2 milliard 26 million 500 ming so‘m o‘zlashtirildi. 834 million so‘m mablag‘ hisobiga “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 31-sonli umumta’lim maktabiga 60 o‘rinli qo‘shimcha bino, 18 milliard 337 million so‘m mablag‘ hisobiga “Xonbandi” MFYdagi 13 ko‘p qavatli uyga isitish tizimlarini o‘rnatish ishlari belgilanib to‘laligicha amalga oshirildi.

Bugungi kunda, tumanning Amir Temur nomli MFY Ko‘hnabozor qishlog‘ida 21 kilometr ichimlik suv tarmog‘i tortilib, 5 ta suv inshooti o‘rnatildi. Musoqul Orolov nomli mahallada 20 kilometr ichimlik suv tarmog‘i tortilib, 1 ta artezian quduq kovlandi. Shuningdek, “Egizbuloq” MFYda 8 kilometr, “Oqtepa”da 6 kilometr ichimlik suv tarmog‘i va 2 ta suv inshooti, “Osmonsoy” MFYda 2,5 kilometr ichimlik suv tarmog‘i va 1 dona suv inshooti bunyod etildi.

Tumandagi “Oqtepa”, “Mustaqillik” va “Qoraabdol ota” MFYlari uchun yangi ma’muriy binolar qurilib foydalanishga topshirildi. Tumanning Oybek nomli mahallasida ikki kilometrdan, “O‘zbekiston” mahallasida 1,2 kilometrdan ortiq, “Uchma” mahallasida 1,3 kilometr ichki yo‘llar ta’mirlanib, asfalt qoplama yotqizildi.

Ayni kunda tumanning Amir Temur nomli mahallasida elektr energiyasi tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari boshlab yuborildi. Bu mahallada 5,5 kilometr havo tarmoqlari yangilanadi, 5 ta transformator punkti, 132 ta yangi temir beton elektr uzatgich o‘rnatiladi.
Davlatimiz rahbarining 2023 yil 2 maydagi “2022-2023 yillarda Jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori asosida tumandagi “Bog‘don”, “O‘zbekiston”, Oybek nomli mahalla fuqarolar yig‘inlari aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasidagi ishlar keng qamrovda olib borilmoqda.
Forish tumanida mazkur qaror ijrosi doimiy nazoratga olingan. 

10.08.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar