Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasining yig‘ilishida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar qay darajada hal etilayotgani yuzasidan Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining axboroti eshitildi.
Ta’kidlanganidek, 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida xalq bilan ochiq muloqotning mexanizmlarini yanada takomillashtirish, davlat organlariga kelib tushgan murojaatlarni jamlovchi markazlashgan tizimni yaratgan holda ularni ko‘rib chiqish muddati va sifati ustidan raqamli nazorat o‘rnatish, aholining kundalik turmush tarziga bevosita ta’sir qiluvchi masalalar bo‘yicha murojaatlar tezkor va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Vazirlik axborotiga ko‘ra, aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish hamda takroriy murojaatlar kelib tushishining oldini olish maqsadida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, vazirlikning yig‘ilishlarida murojaatlar bilan ishlash holati atroflicha muhokama qilib borilmoqda. Xalq qabulxonalari bilan doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, barcha viloyatlarda soha tashkilotlarining bir nafardan mas’ul xodimi Xalq qabulxonasiga doimiy biriktirilgan. Murojaatlar soni oshgan hududlarga alohida e’tibor berilgan holda barcha viloyatlardagi Xalq qabulxonalari bilan hamkorlikda sayyor qabullar tashkil etilyapti. Shuningdek, tizim tashkilotlari tomonidan Xalq qabulxonalari bilan hamkorlikda seminarlar tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan.
Hisobot davrida murojaatlarni ko‘rib chiqishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan Surxondaryo, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasining mas’ul xodimlariga nisbatan qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari qo‘llanilgan.
Qayd etilganidek, Qonunchilik palatasi deputatlarining so‘rovlariga asosan bir qator muammolar ijobiy hal etilgan. Xususan, Mirobod tumanida istiqomat qilib kelayotgan fuqarolarning issiqlik ta’minoti bo‘yicha qilgan murojaati joyida o‘rganilib, ijobiy hal etilgan. Bundan tashqari, Oltiariq tumani “Yoshlik” MFY, Uchtepa ko‘chasi fuqarolarining ichimlik suvi bilan bog‘liq murojaati ham o‘z yechimini topdi. Ya’ni, bugungi kunda manzilli dastur asosida 1,5 km quvur yotqizish va bir dona suv inshooti qurish ishlari boshlab yuborilgan.
Qurilish va uy-joy kammunal xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarida murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash, eng muhimi, mamlakatimizda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida barcha choralar ko‘rilmoqda.
Deputatlar tomonidan vazirlikka aholi murojaatlari bo‘yicha yangicha tizimda ishlash, arxitektura va shaharsozlik, noqonuniy qurilishlarning oldini olish, qurilish sifatini nazorat qilish, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv chiqarib yuborish xizmatlarini yaxshilash bo‘yicha takliflar berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |