Respublika Ishchi guruhi tomonidan Fargʻona viloyatida ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni oʻrganish hamda “Obod xonadon - obod koʻcha - obod mahalla” mezonlarini joylarda joriy etish, aholi bilan muloqot oʻtkazish boʻyicha ishlar davom etmoqda.
Prezident maslahatchisi oʻrinbosari boshchiligida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Xalq qabulxonalarining masʼul xodimlari, 15 ta respublika vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari mazkur faoliyatga jalb etilgan.
Respublika ishchi guruhining navbatdagi manzili Fargʻona viloyati Fargʻona tumanining anklav hududi hisoblangan “Shohimardon” va “Yordon” mahalla fuqarolar yigʻinlari boʻldi.
Ushba 2 hududda bugungi kunda 1,2 mingdan ziyod xonadon mavjud boʻlib, 7 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.
Ishchi guruh oʻrganishlari davomida olib berilayotgan qurilish-obodonlashtirish ishlar, mahallabay tizimi asosida aholi muammolari bilan ishlash, hududlarda faoliyat olib borayotgan MFY raisi, hokim yordamchisi, mahalla faoli, yoshlar yetakchisi va profilaktika inspektorlarining faoliyati tahlil qilinib, mutasaddilarga kerakli tavsiyalar va amaliy koʻmaklar berildi.
Xususan, mahallalardagi ishsiz xotin-qizlar, yoshlarga ularning qiziqishlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, bandligini taʼminlash maqsadida tikuv mashinalari, kultivatorlar va boshqa mehnat uskunalart olib berildi.
“Shohimardon” MFY binosida va “Hazrati ali” ziyoratgohida mahallardagi aholi vakillari, yoshi ulugʻ otaxonlar va yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuvda bugungi kunda aholining turmush sharoitini yaxshilash, har oilaning daromadini oshishi, yillar davomida aholini qiynab kelayotgan muammolar oʻrganilib, ularning yechimi boʻyicha aniq rejalar va moliyaviy manbalari belgilab olindi.
Jumladan, yaqin kunlarda aholining extiyojidan kelib chiqqan holda oʻz tadbirkorliklarini boshlash, oʻzini bandligini taʼminlash niyatini bildirga fuqarolarga mahallalardagi hokim yordamchilarining tavsiyasiga asosan subsidiya hamda qator imtiyozli kreditlar ajratiladigan boʻldi.
Bundash tashqari, anklav hududlarda faoliyat olib borayotgan beshlikning faoliyatini yanada jadallashtirish, oʻzlariga belgilangan vazifalarni sidqidildan bajarish, tuman, mahalla miqiyosida hal etilishi mumkin boʻlgan muammolarni joyida hal etish choralarini koʻrish boʻyicha aniq koʻrsatmalar berildi.
Ishlar davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |