2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor uchrashuv samarali bo‘ldi

Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov Buxoro viloyati Vobkent tumanida sayyor uchrashuv o‘tkazdi. Unda tuman hokimi boshchiligida sektor rahbarlari, mahallalar faollari, yoshlar, sportchilar va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, “Ponob” va “Hajuvon” mahallalari aholisi ishtirok etdi.

Tadbirda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan ishlar tahlil etildi. Jinoyatchilikning oldini olishda yoshlarning o‘rni haqida to‘xtalib o‘tildi. O‘smirlar bilan ochiq muloqotni kengaytirish va odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilik rolini oshirish kerakligi ta’kidlandi. Yoshlarni ma’rifatga chorlash, ular orasida jinoyatchilikni kamaytirishda talabalar tengdoshlariga o‘rnak bo‘lishi va o‘zlari ham har qadamda sergak turishi, vatan ravnaqi yo‘lida o‘zini daxldor his qilishi kerakligi qayd etildi. Yurtimizda yoshlarning bilim olishlari uchun yaratilgan munosib sharoitlar, shunga yarasha ertamiz egalari doimo oldinga intilishi, bilimga chanqoqlik, mehnatsevarlik fazilatlarini shakllantirishlari lozimligi, kitobga mehr qo‘yishlari, o‘z bilim va ma’naviyatini oshirib borishlari, yot g‘oyalarga berilmaslik haqida tushuntirishlar berildi.  

Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, erta nikohni oldini olish va nikohdan ajralishlarga yo‘l qo‘ymaslik, yoshlarning siyosiy huquqlari xususidagi masalalarda mulohazalar o‘rtaga tashlandi.

Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov fuqarolar bilan uchrashuvda mamlakatimizdagi bugungi siyosiy-ijtimoiy vaziyat, davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, sud-huquq tizimidagi so‘nggi yangilik va o‘zgarishlar haqida, shuningdek, mazkur sayyor uchrashuvni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad haqida batafsil tushuncha berdi. Keyingi yillarda davlat rahbari tashabbusi bilan tashkil etilayotgan sayyor qabullar va uchrashuvlarning samarali bo‘layotganligi, odamlarning muammolari o‘z vaqtida yechim topayotganligi ta’kidlandi.  

Yig‘ilganlarni sayyor uchrashuvlarda faol bo‘lishga chaqirdi. Shuningdek, aholining sud-huquq masalalari bo‘yicha savollariga ham batafsil javob berildi.  

16.08.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar