2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Gaz ta’minotida muammo bo‘lmaydi

Surxondaryo viloyatida yangi uylar barpo etilishi va aholi sonining o‘sib borishi tabiiy gazga talab va ehtiyojni yildan yilga oshirmoqda.

Masalan, o‘tgan yili 107 ming 389 iste’molchi tabiiy gazdan foydalangan bo‘lsa, joriy yilda ularning soni 129 ming nafarga yetdi.

Xonadonlarga qishda ham “zangori yoqilg‘i”ni bir maromda, xavfsiz yetkazib berish uchun gaz tarmoqlari va gaz taqsimlash punktlarining sozligi nazoratdan o‘tkazilib, ta’mirlash, rekonstruksiya qilish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Mutaxassislarning fikricha, mamlakatimizda sohani rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar odamlarning ertangi kunga ishonchini mustahkamlab, ularning hayot tarziga yengillik olib kirish va qulaylik yaratishga xizmat qilmoqda. Bu ishonchni yanada mustahkamlash, kuz-qish mavsumida aholini uzluksiz tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlashda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish yo‘lida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar iste’molchilar roziligiga erishish hamda tizim rivojida muhim omil bo‘layotir. 

Jumladan, “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali xodimlari yil boshidan viloyatning eng chekka mahallalaridagi xonadonlarda ham gaz ta’minoti va uning uzluksizligini ta’minlash uchun zarur choralar ko‘rmoqda. Qish kunlari gaz bosimi me’yordan pasayishi kuzatilgan hududlar tuman va mahallalar kesimida tahlil qilinib, asosiy sabablari atroflicha o‘rganilyapti. Chuqur tahlil qilinib, kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilayotir. Bu jarayonda gaz tarmoqlari va gaz taqsimlash punktlari qayta ta’mirlanib, hududda yashovchi aholi xonadonlarida gaz bosimi bir me’yorga keltirilmoqda. 

–Misol uchun, o‘tgan yili sovuq kunlarda tabiiy gaz yaxshi yetib bormagan Qumqo‘rg‘on tumani Bog‘aro mahallasida 0,7 kilometr yer osti o‘rta bosimli gaz quvuri qayta ta’mirlandi, – deydi “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali axborot xizmati rahbari Aziz Mashrapov. – Xuddi shuningdek, Sariosiyo tumani Feruz mahallasidagi 0.344 kilometr yer osti o‘rta bosimli, Madankon mahallasidagi 0.156 kilometr yer osti past bosimli gaz quvuri, Termiz shahri Eski shahar mahallasi Chorshanbi Safarov ko‘chasidagi 0.5 kilometr, Guliston mahallasidagi Olmazor ko‘chasida 0.6 kilometr yer osti, shu mahalladagi Xorazm ko‘chasida 0.7 kilometr, Termiz tumani Yangi yer mahallasidagi 1.1 kilometr yer osti o‘rta bosimli gaz quvurlari mukammal ta’mirlandi. Bu ishlar 1 ming 200 dan ortiq aholi xonadonida gaz bosimi pasayishi bilan bog‘liq muammoni bartaraf etdi. Sariosiyo tumani Do‘stlik va Tortuvli mahallalarida yer osti o‘rta bosimli gaz quvurini rekonstruksiya qilish ishlari davom etmoqda. 

Prezidentimiz 2021 yil 1-2 iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi va Termiz shahri iste’molchilarini bir maromda tabiiy gaz bilan ta’minlash uchun Angor tumani Bahor mahallasi hududidagi “Qoraqir” AGRSdan 38,9 kilometr masofaga quvur yotqizib, yuqori bosimli gaz tarmog‘i qurilishini amalga oshirish yuzasidan tegishli vazifalarni belgilab bergan edi. Shunga muvofiq yangi loyihani yakunlash uchun “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali qurilish-montaj boshqarmasi ishchilari Angor va Termiz tumanlari hududidagi qumloq saksovulzorlar orqali yuqori bosimli gaz quvurlarini montaj qilmoqda. 
Mutaxassislar joriy yilda loyihaning yakunlanishi Termiz shahri xonadonlari kuz-qish mavsumida ham tabiiy gaz muammosidan xoli hududga aylanishini ta’kidlamoqda. 

–Qishning sovuq va yozning jazirama issiq kunlarida bu ishni amalga oshirish o‘z-o‘zidan bo‘layotgani yo‘q, – deydi “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali mas’ul mutaxassisi Behzod Shaymanov. – Buning uchun katta mablag‘ va tinimsiz mehnat sarflanmoqda. Shu kunlarda quruvchilarimiz diametri 219 millimetrli yuqori bosimga mo‘ljallangan gaz quvurlarini sifatli montaj qilishni yakunlashmoqda.

Endilikda quvurlarni bo‘yash ham nihoyasiga yetkazilib, shahar tarmog‘iga bog‘lanadi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshida Termiz shahrida 38 ming 396 xonadon tabiiy gazdan foydalanayotgan edi. Bu yil Namuna va Alisher Navoiy mahallalarida 3,2 kilometr tabiiy gaz tarmoqlari yangidan tortilib, iste’molchilar soni 40 mingga yaqinlashdi. Bu ham termizlik gazchilarning kuz-qish mavsumida aholini ishonchli tabiiy gaz bilan ta’minlashiga mas’uliyatini yanada oshirdi. 
Quyoshning issiq tafti asta-sekin chekinib, sovuq kunlar yaqinlashmoqda. Viloyat gazchilari izg‘irinli sovuq kunlarda tabiiy gaz ta’minotida muammolar yuzaga kelmasligi uchun mavsumga tayyorgarlik ishlarini davom ettirayotir. Bu ishlarning rejadagidek sifatli amalga oshirilgani bo‘lg‘usi qish faslida ma’lum bo‘ladi. 

17.08.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar