Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi hududlarda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.
Qashqadaryo viloyatida bo‘lgan ishchi guruh ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni o‘rganish hamda «Obod xonadon», «Obod ko‘cha» va «Obod mahalla» mezonlarini joylarda joriy etish, aholi bilan muloqot o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib bordi.
Aholi murojaatlari asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini yaxshilashga e’tibor qaratildi.
Natijada 29,5 km ichki yo‘lga shag‘al to‘kildi va asfalt yotqizildi. Aholiga qo‘shimcha 1 ming 774 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 327 dona temir-beton tayanchlar o‘rnatildi. Ikkita transformator punktini tarmoqqa ulash hamda 11,29 km elektr tarmoq tortish ishlari bajarildi.
Ichimlik suvini yaxshilash borasida Qarshi, Kasbi, Shahrisabz, Yakkabog‘ tumanlarida suv quduqlariga yangi suv nasoslari, suv yig‘ish va uzatish inshootlari, yangi quvurlar tortildi.
Kommunal xo‘jaligi sohasini yaxshilash maqsadida Qarshi shahri, Nishon, Muborak tumanlarida ko‘p qavatli uylarning kirish, tom, fasad qismlarida ta’mirlash ishlari olib borildi, uylarning yerto‘lalari ham tartibga keltirildi.
Aholi orasida tadbirkorlikni rivojlantirish uchun tijorat banklari tomonidan 3 ming 489 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’ektiga 133,6 milliard so‘m miqdorida kredit ajratilishi ta’minlandi.
Shuningdek, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Kitob tumanida ijtimoiy yordamga muhtoj 360 nafar xotin-qizga “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 237,6 million so‘m moddiy yordam puli olib berildi.
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan Qarshi, Koson va Kitob tumanlaridan 83 nafar fuqaroga 349 million so‘m miqdorida subsidiya mablag‘i evaziga tikuvchilik faoliyatini boshlash uchun tikuv mashinalari topshirildi.
Respublika ishchi guruhining joylardagi faoliyati davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |