2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Toshkent tuman Kengashida dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi

Toshkent viloyatida Hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni va aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganish natijalari muhokamasiga bag‘ishlangan xalq deputatlari Toshkent tuman Kengashining sessiyasi o‘tkazildi. Unda Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat hokimiyati organlari, tegishli vazirliklar, idoralar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek,  Toshkent tumanida 200125 nafar aholi istiqomat qiladi. Ishchi guruh tomonidan o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, aholini o‘ylantirayotgan muammolar asosan infratuzilma hamda kommunal xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq. Xususan, tumanda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash dolzarb hisoblanmoqda. Sessiyada qayd etilganidek, mahalliy aholining  68%   ichimlik suvi bilan ta’minlangan.

Tumandagi 125,7 km ichimlik suvi tarmoqlaridan 71% yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lganligi bois   obi-hayotning  20-25% isrof bo‘layotganligi ta’kidlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 oktyabrdagi qaroriga ko‘ra, 2017-2018 yillarda tumanda ichimlik suvi  ta’minotini yaxshilash bo‘yicha belgilangan vazifalarning 50% amalga oshirilgan, xolos, natijada tizimli muammolar hal etilmagan.

Xususan, Qibray tumanining Qodiriya suv inshootidan Chinoz tumanigacha ichimlik suvi tarmoqlarini tortish orqali Toshkent tumani aholisini to‘liq ta’minlash belgilangan bo‘lsada, bu boradagi ishlar bugungi kungacha boshlanmagan. Shu munosabat bilan sessiyada belgilangan vazifalar ijro etilmasligiga olib kelgan muammolar tahlil qilindi. Ob'yektiv sabablar qatorida suv ta’minoti tizimlarini barpo etish va ulardan foydalanish bo‘yicha me’yoriy va texnik hujjatlar zamon talabiga javob bermasligi, bunday tizimlarni loyihalashtirish, rivojlantirish va samarali ishlatishni tashkil etishga yangi yondashuvlar zarurligi ta’kidlandi.  

Sohalar kesimidagi tahlillarda eng ko‘p muammolar ko‘cha yo‘llarini ta’mirlash, gaz va elektr ta’minoti yo‘nalishida ekanligi aniqlandi. Bundan tashqari, aholi tomonidan sog‘liqni saqlash,  maktabgacha ta’lim, bandlik   va xalq ta’limi bilan bog‘liq  murojaatlar qilingan.

Aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan Respublika ishchi guruhi tashabbusi bilan bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, “Sag‘bon” mahallasi Ogahiy ko‘chasida yaroqlilik muddati o‘tganligi sababli ko‘p yillardan buyon muammo bo‘lgan 700 metr uzunlikdagi ichimlik suvi quvurlari yangilanib, Oltinobod mahallasida  gaz quvurlari tortildi. Bir qator fuqarlar yig‘inlarida  kam ta’minlangan oilalar elektr ta’minotiga ulangan holda, yangi hisoblagichlar bepul o‘rnatildi. Shuningdek tumanning markazdan olis hududlarida  tijorat transporti qatnovi yo‘lga qo‘yildi. 

Sessiya kun tartibi doirasida tumandagi jami 250 ta bo‘sh turgan obektlardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Ta’kidlanganidek, xatlov natijasida ularning katta qismi  avval xususiylashtirilgan, salmoqli qismi davlat mulki ob'yektlari, shuningdek  davlat ulushi bor tashkilotlarga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu borada yuqori turuvchi tashkiloti mavjud bo‘sh turgan obektlarni faoliyatini tiklash choralarini ko‘rish yoki tuman xokimligi balansiga topshirish maslasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida murojaat xatlari yuborilgan. Davlat raqobat qo‘mitasi tomonidan 165 ta obektlarga  so‘rovnomalar berilgan bo‘lib, 47 tasida jami 10,6 mlrd.so‘m investitsiya kiritib, 329 ta yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”   ishlab chiqildi. Ular  sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida qator loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi. 
Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha rejalashtirilgan barcha chora-tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun mahalliy byudjet, byudjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari bilan bir qatorda tumandagi korxonalar va biznes sub'yektlari mablag‘laridan ham foydalanish, bunda resurslarning maqsadli va oqilona sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2018 yil 13 avgustdagi To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solishni nazarda tutadigan qarori ijrosini ham ko‘rib chiqdi.

Muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. 

 Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N. Yo‘ldoshev ishtirok etdi.

24.12.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar