2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Farg‘ona viloyatining muammolari jamoatchilik e’tiborida

Farg‘ona viloyatida Beshariq va Dang‘ara tuman Kengashlarining sessiyalari bo‘lib o‘tdi. Deputatlar hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni va aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganish natijalarini muhokama qildi.

Sessiyalar ishida Oliy Majlis Senati a’zolari, deputatlar, davlat hokimiyati organlari, tegishli vazirliklar, idoralar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ta’kidlanganidek, Respublika ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanidagi 62 ta mahallalarda uyma-uy yurish hamda ijtimoiy va boshqa ob'yektlarni o‘rganish davomida jami 2247 ta muammolar aniqlangan edi. Ularni hal qilishda tuman uchun ayniqsa dolzarb bo‘lgan bandlikni ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi, viloyat va tuman hokimliklari mutasaddi vakillari ishtirokida 200 nafarga yaqin xotin-qizlar “Ustoz-shogird” an’anasi asosida turli kasblarga qayta o‘qitish markazlariga jalb etilib, ish bilan ta’minlandi.

Qish mavsumini talofatsiz o‘tkazish  220,5 ming nafar aholi istiqomat qiladigan Beshariq tumani uchun alohida dolzarb hisoblanadi. Ishchi guruh va mutasaddilar tomonidan aholini issiqlik manbalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilib, fuqarolarga  suyultirilgan gaz ballonlari va boshqa turdagi yoqilg‘i tarqatildi.

Sessiyada ta’kidlab o‘tilganidek, Beshariq tumanidagi oilalarda ijtimoiy ma’naviy muhit barqarorligini saqlashda tumandagi “Mahalla”, “Nuroniy” jamg‘armalari, Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari tomonidan qator ishlar amalga oshirildi. Bunda eng avvalo aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash diqqat markazida bo‘ldi. Jumladan tumanda 369 ta turmush sharoiti og‘ir bo‘lgan ayollar ro‘yxatga olinib,  kam ta’minlangan, nogiron, ishsizlari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Ushbu  ro‘yxat asosida xotin-qizlarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi.

 Xalq deputatlari Dang‘ara tuman Kengashi sessiyasida ta’kidlanganidek, hududdagi 48 mahalladan 12 tasida toza ichimlik suvi, elektr ta’minoti, ichki yo‘llarning ta’mirga muhtojligi aholini o‘ylantirgan asosiy muammolardir. Sessiyada tuman imkoniyatlaridan kelib chiqib ushbu muammolarni hal qilish borasida Ishchi guruh tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. Jumladan, muddat va mablag‘ talab etadigan muammolar bo‘yicha mas’ullar belgilanib, “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgani, barcha o‘rganilgan xonadon va ob'yektlar, muammoli masalalar “hudud.gov.uz” dasturiga kiritilib, ma’lumotlar bazasi, foto va video materiallar tayyorlanib, sektor rahbarlariga taqdim etilgani qayd etildi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashlari sessiyalarida hududlarni rivojlantirishga doir boshqa muhim masalalar ham ko‘rib chiqildi. Tumanlardagi bo‘sh turgan binolar, qurilishi tugallanmagan ob'yektlar va foydalanilmayotgan yer maydonlari hamda ular negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish  kommunal xizmat ko‘rsatish va boshqa yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ul shaxslarning axboroti eshitildi. Shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirishga doir vazifalar bajarilishi ustidan parlament, deputatlar va jamoatchilik nazoratini ta’minlash choralari batafsil ko‘rib chiqildi.

Deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2018 yil 13 avgustdagi To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solishni nazarda tutadigan qarori ijrosi ham tahlil qilindi.

 Sesiyalarda muhokama etilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

25.12.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar