2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Respublika ishchi guruhi Jizzaxda

Mahalla aholisini jinoyatchilik haqida xabardor qilish, huquqiy tarbiyani yo‘lga qo‘yishning samarali mexanizmlarini yaratish bo‘yicha Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi Jizzax viloyatida bo‘ldi.

Ishchi guruh a’zolari Jizzax shahri hamda Jizzax viloyatining barcha tumanlaridagi jinoyatchilik soni oshgan mahallalarda fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazdi. Muloqotlarda tuman hokimi, mahalla raislari, hokim yordamchisi, xotin-qizlar masalalari  bo‘yicha maslahatchilar, yoshlar yetakchisi va profilaktika inspektorlari hamda yoshlar qatnashdi.  

Ishchi guruh a’zolari “qizil” hududga kirgan har bir mahalladagi fuqarolar bilan jinoyatchilikning oldini olish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida suhbatlashib, aholining takliflarini ham eshitdi.  

Mahallalarda o‘tgan muloqotlarda faol bo‘lmagan yoshlar qatorida o‘z kasbining ustasi, yurtimiz va dunyo miqyosida chempion bo‘lgan sportchilar borligi ma’lum bo‘ldi. Biror foydali kasb bilan band bo‘lmagan yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib, sportchilarga biriktirish, sport to‘garaklariga jalb etish masalalari ham belgilab olindi.  

Ishchi guruhning hududlardagi muloqotlarida jinoyatchilikka olib boradigan hech bir masala va jinoyat sodir etishi mumkin bo‘lgan har bir shaxs e’tibordan chetda qolmadi.  

08.09.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar