Nurota tumani Bo‘ston mahallasida ham “Inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangan holda keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirilyapti.
Ayni kunlarda mahallada “Obod xonadon – obod ko‘cha - obod mahalla” dasturi mezonlarini joriy etish orqali infratuzilmani yaxshilash choralari ko‘rilmoqda.
Navoiy viloyati markazidan qariyb 110 kilometr uzoqlikda joylashgan mahallada 6 ta qishloq mavjud bo‘lib, qariyb 2800 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududda 4 ta maktab, 1 ta tibbiyot punkti mavjud. Qishloq ko‘chalari tuproq ko‘chalaridan iborat bo‘lib, yozda chang, qishda esa loy. Bu aholining harakatlanishi uchun doimo noqulayliklar tug‘dirib kelgan.
– Mahallamiz yangi tashkil etilgan mahallalardan biri bo‘lib, shu kunga qadar maktab binosidan ajratilgan xonada faoliyat ko‘rsatib kelar edik, – deydi mahalla raisi Eshmuhammad Safoyev. – Joriy yilda esa mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 850 million so‘m sarflanib, barcha qulaylikka ega bo‘lgan yangi bino qurilib, foydalanishga topshirildi. Shuningdek, “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida hududimizdagi 16- va 29-umumta’lim maktablarida 1 milliard 270 million so‘mlik joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Bugungi kunda mahalla hududidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash maqsadida 6,7 kilometr ichki yo‘llarda ta’mirlash ishlari olib borildi. Jumladan, 4,7 kilometr uzunlikdagi tuproq ko‘chalarga shag‘al to‘kildi. 2 kilometri asfalt qilindi.Shuningdek, mahalla yangi binosi atrofidagi qariyb 500 kvadrat metr hajmdagi maydonga ham asfalt yotqizildi. Bu ishlar uchun 2,2 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
– Bilasizmi, qishlog‘imiz tog‘oldi hududda joylashganligi bois yog‘ingarchilik kunlarida ko‘chalarda umuman yurib bo‘lmasdi, – deydi Qirhovut qishlog‘ida yashovchi Xolboy O‘rozov. – Bugun qishlog‘imizda ham tuproq ko‘chalarlarga shag‘al to‘kish ishlari amalga oshirilmoqda. Natijada chang va loy ko‘chalarimiz tekislanib, harakatlanishga qulay holatga keltirildi. Shu bilan birga qishlog‘imizda elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 80 donadan ziyod temir beton ustuni o‘rnatilib, 1,8 kilometr elektr uzatish tarmoqlari yangilandi. Yurtimizda inson manfaati ulug‘lanib, aholiga qulayliklar yaratib berilayotganligi uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildiramiz.
Hududdagi aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida joriy yilda Qunish qishlog‘ida joylashgan suv inshooti rekonstruksiya qilinib, 3,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga 10 kilometr uzunlikda yangi ichimlik suv tarmog‘ini tortish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, mahallada 2 dona 160 kVAli transformator, 276 dona temir beton ustunlari o‘rnatish hamda 8,4 kilometr masofadagi elektr uzatish tarmoqlarini yangidan qurish ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlar uchun jami bir milliard so‘mdan ziyodroq mablag‘ yo‘naltirilgan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |