“Obod xonadon”, “obod ko‘cha, “obod mahalla” dasturiga muvofiq Jondor tumanidagi Dalmunobod, Peshku tumanidagi Deycha, Shofirkon tumanidagi Quyi Chuqurak hamda Kogon tumanidagi Sorg‘un mahallalari og‘ir hudud sifatida belgilab olingan.
— Bugunga kelib 642 ta xonadon, 826 ta oila va ularda 3780 nafar aholisiga ega mahallamizda asosiy “drayver”, ya’ni tirikchilik manbai dala-dehqonchilik ishlari va chorvachilik hisoblanadi. Shu bois, hududda ekin yeri 412 gektar bo‘lib, shundan 321 gektari bunda faoliyat yuritayotgan 6 ta fermer xo‘jaligi tasarrufidagi ekin maydoni, qolgani tomorqa yeridir, — deydi “Quyi Chuqurak” MFY raisi Jasurbek Nasullayev. — Albatta, qishloq joyida o‘z tomorqasiga ega bo‘lgan oila borki, sigir-buzoq parvarishlaydi, tovuq boqadi. Shu bilan ro‘zg‘orda sut-qatiqqa, go‘sht yo tuxumga bo‘lgan ehtiyoj qoplanadi. Biroq shunga qaramasdan, qishlog‘imizda xorijga chiqib ishlab kelayotgan rasman mehnat migranti 195 nafarni, ishsiz o‘ttizdan oshiqni tashkil etmoqda.
Odamlarga yaratib berilayotgan shart-sharoit, hudud infratuzilmasini yaxshilash borasida gap ketganda, mahallada ta’mirtalab ahvolga kelgan qariyb 10 kilometr yo‘l qismini talab darajasiga keltirish, jumladan, 2,5 kilometr yo‘l asosini tayyorlab, shag‘al bostirish, 2,2 kilometr masofada piyodalar yo‘lagini barpo qilish, deyarli 2,3 kilometr masofaga ichimlik suvi tarmog‘ini tortish, mavjud gidroinshootni mukammal ta’mirlab ishga tushirish kabi chora-tadbirlarga jadal kirishilgan. Shu bilan birga, elektr energiyasi ta’minotida kuzatilayotgan uzilishlarga barham berish, transformator yuklamalarini kamaytirish maqsadida 4,5 kilometr masofadagi elektr liniyasini ta’mirlash, kabellarini yangilash barobarida eskirib yaroqsiz holga kelgan 60 ta simyog‘ochni temir-beton ustunga almashtirish, bu ko‘chalarga 30 ta tungi yoritish chirog‘ini o‘rnatish kabi ishlar davom ettirilmoqda.
Bugunga kelib tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan Quyi Chuqurak mahallasiga 250 kilovatt soat quvvatiga ega transformator, 100 kilovatt soat quvvatga ega qo‘shimcha transformator o‘rnatilib, 2 kilometr masofadagi elektr simlari ko‘rikdan o‘tkazilib, sozlangan. Yana 20 tadan ortiq tayanch ustunlar to‘g‘irlanib, 5 kilometr uzunlikdagi tarmoq daraxt shoxlaridan tozalangan. Hududdagi 5 ta transformator joriy ta’mirdan chiqarilib, elektr toki ta’minoti va o‘tkazuvchanligi yaxshilangan.
Qolaversa, tegishli xizmatlar, obodonlashtirish boshqarmasi birgalikdagi sa’y-harakati natijasida hududda 250 dan ortiq xonadonning tashqi fasadi tartibga solingan, 2 kilometr masofadagi ariq-zovur tozalangani holda daraxtlar butalib, shakl berilgan va oqlangan. Muxtasar aytganda, yuqoridagi sa’y-harakatlarning barchasi avvalo "Quyi Chuqurak”da odamlar og‘irini yengil qilish, ularning hech kimdan kam bo‘lmagan turmush kechirishlari, ertangi kunga ishonch bilan qadam tashlashlari uchundir.
Hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, mavjud muammolarga o‘z vaqtida va sifatli yechim topish maqsadida Prezident maslahatchisi birinchi o‘rinbosari Qahramon Sariyev boshchiligidagi respublika ishchi guruhi vakillari mazkur mahallada bo‘lib o‘rganishlar olib bordi. Mahalla infratuzilmasi, aholining toifalari bo‘yicha maishiy-ijtimoiy shart-sharoitlari atroflicha o‘rganildi. Mutasaddilarning axborotlari tinglandi. Shuningdek, Prezident maslahatchisi birinchi o‘rinbosari Qahramon Sariyev oqsoqollar va aholi vakillari bilan suhbatda bo‘ldi. O‘rganishlar natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |