«Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida Andijon viloyatida ko‘chat ekish, yashil hududlarni barpo etish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida joriy yil kuz mavsumida viloyatda 6 million 550 ming tup mevali, manzarali daraxt ko‘chati hamda qalamcha ekilishi rejalashtirilgan.
Jumladan, ekiladigan ko‘chat va qalamchalarning 48,2 ming tupi umumfoydalanadigan avtomobil yo‘llari yoqasiga, 2 million 367,6 ming tupi qishloq xo‘jaligi yerlarining muhofaza hududi barpo etiladigan yerlarga, 132,5 ming tupi o‘rmon fondi yerlariga, 129,8 ming tupi ijtimoiy soha muassasalari – oliy o‘quv yurtlari, maktabgacha va maktab ta’limi, shuningdek, sog‘liqni saqlash muassasalari hududlariga, 240,8 ming tupi korxona, tashkilotlar, xizmat ko‘rsatish muassasalari hududlariga, 351,3 ming tupi tuman va shaharlar obodonlashtirish boshqarmalari tasarrufidagi hududlarga hamda 2 million 135,4 ming tupi mahallalar hududlariga, 1 million 128 ming tupi bog‘, tok va tutzorlar barpo etiladigan hududlarga, 1 ming tupi vazirlik va idora bog‘lariga, 5,7 ming tupi viloyat, tuman va shahar hokimliklari bog‘lari hududiga va 10,2 ming tupi atrof-muhitga ta’sir xavfi bo‘lgan yirik sanoat korxonalari va ularga tutash “yashil belbog‘” hududlariga ekilishi ko‘zda tutilgan.
“Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish jarayonida hududlarga viloyatning iqlim sharoitiga mos keluvchi archa, pavloniya, kashtan, qayrag‘och, qarag‘ay, chinor, yapon saforasi, terak, uzum, shumtol singari 34 turdagi mevali va manzarali ko‘chatlar ekilishi belgilangan.
– Ko‘chat ekish, bog‘ yaratish, xayrli va savobli ish, – deydi “Nuroniy” uyushmasi viloyat bo‘limi raisi O‘ktamjon Oxunov. – Shu bois ham, ko‘chat ekish, hududlarni yashil makonga aylantirishdek xayrli ishda kattayu kichik faol ishtirok etmoqda.
O‘tgan yilgi tajribalardan kelib chiqib, viloyatda 8,5 million donadan ziyod mevali, manzarali daraxt va buta ko‘chati, qalamchalar zaxirasi yaratilmoqda. Ularning 2,5 donasi Andijon davlat o‘rmon xo‘jaligi yer maydonlarida, 6 million donasi esa viloyatdagi ko‘chatchilikka ixtisoslash-tirilgan fermer xo‘jaliklari, xususiy tadbirkorlar hamda aholi xonadonlarida yetishtirilmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |