2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Chiroqchi yashil makonga aylanmoqda

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda mevali va manzarali ko‘chat ekish ishlari mana bir necha yildirki, an’anaga aylandi. Buning natijasida katta yo‘l yoqalari, bo‘sh turgan yerlar bog‘-rog‘larga aylanmoqda.

Yaxshidan bog‘ qoladi, deydi dono xalqimiz. Bugun “yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha tashkilotlar vakillari qalb amri bilan ishtirok etmoqda. Bir donadan bo‘lsada nihol ekishga harakat qilmoqda.

Ta’kidlash lozimki, loyiha doirasida Qashqadaryo viloyatida kuzgi daraxt ekish mavsumi jadal sur’atlarda bormoqda. Unga ko‘ra, viloyatda mavsum davomida 6 million 947 ming tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan bo‘lib, barcha tumanlarda rejani amalga oshirish borasidagi harakat qizg‘in davom etmoqda. Jumladan, Chiroqchi tumanida ham bu boradagi ishlar jadal suratlarda davom etmoqda. 

Tumanda ko‘chat ekish ishlarida barcha birdek qatnashayotganiga guvoh bo‘ldik. Ahamiyatlisi, loyiha doirasida tashkil etilayotgan bog‘lar oralarida to‘qsonbosdi ekinlar ekish ham yo‘lga qo‘yilib, egatlar hududdagi ehtiyojmand fuqarolarga bo‘lib berilmoqda. 

– Prezidentimizning “yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Chiroqchi tumanida tuman IIB bo‘limi tashabbusi bilan qariyb bir gektar joyda tashkil etilgan boqqa mevali daraxt ko‘chatlari ekilyapti, – deydi Chiroqchi tuman IIB bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari, mayor Alisher Husanov. – Bu bog‘imizga 450 tup ko‘chat ekyapmiz. Boshqa hududda ham bog‘imiz bor. U yerga 600 tup ko‘chat ekishni mo‘ljallaganmiz. Ekilgan ko‘chatlarning umumiy nazoratini qilamiz. Bog‘ oralariga piyoz, sarimsoq piyoz kabi to‘qsonbosti ekinlari ekilib, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillariga va hududdagi uyushmagan yoshlarga bo‘lib beriladi. Shu orqali ularning bandligi ta’minladi, ham daromadga ega bo‘ladi. 

– Butun respublikamiz bo‘ylab davom etayotgan ko‘chat ekish ishlaridan biz ham chetda turishni istamadik, – deydi Chiroqchi tumani FVB boshlig‘i Anvar Mo‘minov. – Shu bois tuman rahbariyatidan yer ajratishini so‘rab bir gektar joy oldik. Shu yerda mo‘’jazgina bog‘ tashkil qilib, ming tupdan ziyod mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda. Ularning orasiga to‘qsonbosti ekinlari ham ekiladi va kam ta’minlangan aholiga bo‘lib beriladi. Tashkil etilgan bog‘dagi ko‘chatlarning ertaga barqaror o‘sishi va parvarishi doimiy nazoratimizda bo‘ladi. 

O‘n yildan ortiq maktabda farrosh bo‘lib ishlab kelayotgan Shafoat Haydavolova maktab hududida tashkil etilayotgan boqqa o‘z hissasi qo‘shayotganidan xursand bo‘lish bilan birga bog‘ egatlaridan ham unumli foydalanmoqda.

– “Yashil makon” loyihasi doirasida maktab hovlisida ham bog‘ tashkil qilinmoqda va uning orasidan bizga ham joy ajratildi, – deydi Shafoat Haydavolova. – Shu yerga piyoz va sarimsoq piyoz ekdik. Hosildan olinadigan daromad o‘zingizga, deb aytishdi. Bundan juda xursand bo‘ldim. Har kuni maktabga ishga kelamiz. Bo‘sh vaqtimizda ekinlarni parvarish qilamiz. 

Bir so‘z bilan aytganda, tumanda bo‘sh turgan yerlarga mevali va manzarali ko‘chatlar ekish, va bu orqali kelgusida tumanni yashillikka burkash niyati barchaning qalbiga birdek singgan. 

Ma’lumot uchun: tumanda “yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 375 ming tupdan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar ekish mo‘ljallangan. Ular asosan avtomobil yo‘llari yoqalariga, fermer xo‘jaliklarining dala maydonlari chetlariga, o‘rmon fondi yerlariga, ta’lim muassasalari hamda tashkilot va idoralar hovlilariga ekiladi. 

03.11.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar