2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Tiklanayotgan huquqlar: aholining muammoli masalalari va murojaatlari qanday hal etilmoqda?

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhining navbatdagi ommaviy qabullari Samarqand viloyatining Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari, Tayloq hamda Payariq tumanlarida o‘tkazilib, muloqotlar davomida sud-huquq masalalarida aholini qiynab kelayotgan muammolarga yechim izlandi va bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Respublika ishchi guruhi ma’lumotlariga ko‘ra, qabullar davomida 142 nafar fuqaroning murojaati ko‘rib chiqilgan, huquqiy tushuntirishlar berilib, asoslilari joyida ijobiy hal etilgan.  

Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan o‘tkazilgan sayyor tartibdagi sud jarayonlarida taqdimnoma va iltimosnomalar asosida ozodlikdan mahrum qilish va axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tayotgan 70 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilingan hamda 19 nafar mahkumning o‘talmay qolgan jazosi yengilrog‘i bilan almashtirildi.

Viloyat prokuratura organlari tomonidan ham jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Kattaqo‘rg‘on shahri hamda Tayloq tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda 50 nafardan ortiq fuqaro yillar davomida o‘zini qiynab kelayotgan aliment undirish, kredit to‘lovi, firibgarlik, ishsizlik, oilaviy kelishmovchilik, sud qaroridan norozilik kabi masalalar bo‘yicha mas’ullarga murojaat etishdi.

Masalan, Pastdarg‘om tumani Eski Juma mahallasida yashovchi Z.Qo‘ldosheva ipoteka krediti olib, ayni paytda ishsizligi tufayli uni to‘lay olmayotgani, uyi esa onlayn auksion savdoga chiqarib yuborilgani, qolaversa, Rossiya Federatsiyaga chiqib ketgan sobiq turmush o‘rtog‘i aliment to‘lovini amalga oshirmayotganidan shikoyat qilib, amaliy yordam so‘radi.Uning murojaati batafsil o‘rganilib, qarzini to‘lash, alimentini undirish, o‘zini esa ishga joylashtirishda amaliy yordam beriladigan bo‘ldi.

Kattaqo‘rg‘on shahrida yashovchi M.Tojiyeva va N.Oripovalar esa tijorat bankidan tikuv mashinasi sotib olish uchun olgan kredit mablag‘larini naqdlashtirib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatgani bois ularning bu xatti-harakati sudda ko‘rib chiqilgan. Kredit mablag‘larini to‘langanligi sabab jinoyat ishining ularga tegishli bo‘lgan qismini tugatishni so‘rab prokuratura mas’ullariga murojaat qildi va bu qanoatlantirildi.

Ichki ishlar idoralari mas’ullari bilan muloqotlarda fuqarolarni qiynab kelayotgan surishtiruv, tergov, ishga tiklash va kirish, xodimlarning noo‘rin xatti-harakatidan norozilik kabi ko‘plab masalalarga yechim topildi.

Masalan, R.Yangiboyev ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘iga avtomashina oldi-sotdisi bo‘yicha muammoli holatda qonuniy yechim topishda ko‘mak so‘ragan bo‘lsa, D.Odilova himoya orderi olish, Z.Tursunov esa muddatidan oldin probatsiya nazoratidan chiqarish yuzasidan murojaat qildi. Har bir murojaat o‘rganilib, qonuniy hal etiladigan bo‘ldi.

Adliya idoralari mas’ullarining fuqarolar uchun o‘tkazgan qabullari davomida esa bandlik, tadbirkorlik, yer-mulk, uy-joy, soliq to‘lovlari hamda nikohni qayd etish bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.

Masalan, O.Jo‘rayev va Z.Ochilov uzoq yillar mobaynida foydalanilmagan mehnat ta’tillari, ishdan noqonuniy bo‘shatilgani, H.Ro‘ziyeva 16 yildan beri ijarada yashashi, farzandlariga aliment undira olmayotgani, ijtimoiy uy olishda yordam berish, R.Normatova noqonuniy qurilish bilan bog‘liq muammo yuzasidan, X.Eraliyeva esa homiladorlik tug‘ruq ta’tilidan qaytgach, ishga tiklanmayotganidan norozi bo‘lib yordam so‘radi. Barcha masalalar mas’ullar ishtirokida o‘rganildi va yechim topildi.

Samarqand viloyatida o‘tkazilgan ommaviy qabullarda soliq, bojxona idoralari mas’ullariga asosan tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat olish, mahsulotlar eksporti, soliq qarzdorliklarini to‘lash masalalaridan murojaatlar kelib tushdi.

Aytaylik, Pastdarg‘om tumaning “Yuqori Bog‘onali” MFYda yashovchi bir necha nafar fuqaro soliq to‘lovlari bo‘yicha muammo yuzaga kelganligi va uni qonuniy hal etilishi uchun viloyat soliq boshqarmasi rahbariga murojaat etdi. Ushbu masala o‘rganilib, muammo shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi.

Samarqand viloyatida sud-xuquq masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan muloqotlar davomida 519 nafar fuqaroning 533 ta masalasi ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, huquqiy tushuntirishlar berildi.  

07.11.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar