2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Shahrixonda qishga qanday tayyorgarlik ko‘rilmoqda?

Andijon viloyatining tuman va shaharlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, qish mavsumini betalafot o‘tkazish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Shahrixon tumanida ham mazkur yo‘nalishda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni kunga qadar tumandagi ijtimoiy soha ob’ektlari, xususan, 6 ta kasb-hunar kolleji, 76 ta umumta’lim maktabi, 56 ta maktabgacha ta’lim, 19 ta tibbiyot muassasasida bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ularni elektr energiyasi, tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash uchun nosoz gaz va elektr energiyasi tarmoqlari ta’mirlanmoqda.    

Ijtimoiy soha ob’ektlariga joriy mavsumda jami 12 ming 364 tonna ko‘mir yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Ayni kunga qadar  10 ming 507 tonna ko‘mir zaxirasi yaratilib, belgilangan reja 85 foizga bajarilgan.  

Shifoxona va maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari xonalarida haroratning mo‘’tadil bo‘lishini ta’minlash uchun derazalar plyonkalar bilan qoplanmoqda.  

Joriy yilda tumanda 32 ta ijtimoiy soha ob’ektida isitish tizimini davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Tadbirkorlar tomonidan hozirga qadar 12 ta ob’ektda mazkur yo‘nalishdagi ishlar yakuniga yetkazildi, 20 ob’ektda olib borilayotgan ishlar 10 noyabrga qadar yakunlanishi ko‘zda tutilgan.    

Olib borilayotgan ishlarga qaramasdan ayrim ijtimoiy soha ob’ektlari, xususan, tuman markaziy shifoxonasi, qator maktab, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mavjud qozonxonalarni ta’mirlash, isitish tizimini soz holatga keltirish borasidagi ishlarni amalga oshirishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarni o‘rganish bo‘yicha ishchi guruh tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ana shu muassasalar mutasaddilariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.      

Tumandagi mavjud 89 ta ko‘p qavatli uyning 20 tasi tabiiy gaz bilan ta’minlangan. Ana shu uylardagi nosoz va ta’mirtalab gaz tarmoqlari joriy va kapital ta’mirlandi. Bundan tashqari, 69 ta uy aholisiga suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.  

Ko‘p qavatli uylarning tashqi fasadlarini ta’mirlash, pod’ezdlarning singan oynalarini almashtirish, uylar oldidagi chiqindilarni tashib ketish ishlari ham reja asosida olib borilmoqda.  

Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Tumandagi elektr transformator punktining 49 tasi ta’mirlandi, 9 ta yangi transformator punkti o‘rnatildi. Natijada ijtimoiy soha ob’ektlari hamda aholi xonadonlarining elektr energiyasi ta’minoti yanada yaxshilandi.  

– Mahallamiz tumandagi eng katta mahallalardan biri hisoblanadi,– deydi “Cho‘ja” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Mo‘ydinjon Dehqonov. – Mahallamizdagi 28 ta ko‘chada 5 ming nafardan ortiq aholi yashaydi.    

Elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha mahalla ahlini qiynayotgan muammolar kuz-qishga tayyorgarlik doirasida bartaraf etildi. Hududimizdagi nosoz holatga kelib qolgan 2 kilometr elektr simlari yangilandi, 50 dona eski yog‘och ustunlar temir-betonli ustunlarga almashtirildi.      

Tumanda ichimlik suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha zarur ishlar olib borilmoqda. Jumladan, kuz-qishga tayyorgarlik doirasida 4 ta suv inshooti ta’mirlanib, 1,3 kilometr yangi suv tarmog‘i tortildi.  

Tumanda tabiiy gaz yetkazib berilmaydigan mahallalar aholisiga 45 ming 886 tonna ko‘mir yetkazib berilishi rejalashtirilgan. Shu kunga qadar aholiga 23 ming 653 tonna ko‘mir tarqatilgan bo‘lib, ko‘mir yetkazib berish rejasi 55 foizga bajarilgan.    

Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, tumanda qariyb bir yarim oydan buyon mahallalarda aholiga arzon ko‘mir yetkazib berish ishlari to‘xtab qolgan. Lekin ko‘mirga ehtiyoji bor aholi tomonidan har bir mahallada ko‘mir oluvchilar ro‘yxati shakllantirilgan. Mutasaddilar mazkur masalaga ham e’tibor qaratsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.    

Umuman, Shahrixon tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari belgilangan reja asosida, tizimli ravishda olib borilmoqda. Mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.    

11.11.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar