2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qish mavsumiga hozirlik ko‘rilmoqda

Namanganda qish mavsumini yaxshi o‘tkazish uchun aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlari hozirlanmoqda. Kommunal tarmoqlar qayta ko‘rib chiqilib, issiqlik korxonalari modernizatsiya qilinmoqda.

Namangan viloyatining Davlatobod tumanida joylashgan “Issiqlik manbai” davlat korxonasiga qarashli umumiy quvvati 56 MgVt bo‘lgan markaziy qozonxona tomonidan 152 ta ko‘p qavatli uydagi 7 ming 592 ta xonadon va 22 ta ijtimoiy soha ob’ektiga issiqlik ta’minoti yetkazib beriladi.  

2023-2024 yil kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun mazkur to‘rtta qozon shay holatga keltirilib, ko‘p qavatli uylardagi issiqlik taqsimlash punktlari bosimli suv yordamida sinovdan o‘tkazildi.  

– Zamonaviy talablar asosida takomillashtirilgan “RK-1” qozonxonasining bir qator afzalliklari bor. “Yopiq tizim” usulida yer ostiga yotqizilgan 29,5 kilometr masofadagi issiqlik tarmog‘i maxsus himoya qatlami bilan qoplangan va zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida tizimli ishlaydi hamda nazorat qilinadi, – deydi “Issiqlik manbai” davlat korxonasi rahbari Adhamjon Tojiboyev. – Har bir uyga maxsus issiqlik taqsimlash qurilmasi o‘rnatilgan. Qayerda nosozlik yuzaga kelsa, bu haqida avtomatik tarzda operatorlik punktiga xabar yo‘llanadi. Rossiyadan keltirilgan quvurlarga ishlab chiqaruvchi tomonidan 50 yilga kafolat berilgan.  

Isitish mavsumida tabiiy gaz sarfi 11 616 853 m3ni tashkil qiladi. Boshqacha aytganda, 16,67 milliard so‘m mablag‘ tejaladi. Energiya samaradorlik 56,9 foizdan 95 foizga ortib, issiqlikni yo‘qotish ko‘rsatkichi 35 foizdan 3,5 foizga hamda mos ravishda tarmoqlarni ta’mirlash 80 foizga kamayadi. Atrof-muhit musaffoligiga zarar yetkazilmasligi ham diqqatga molik.  

23.11.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar