2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yaxshi yashash uchun harakat, intilish zarur

“Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obodon xonadon” tushunchalari keyingi paytda hayotimizdan mustahkam o‘rin oldi. Shu nomdagi dasturlar, tashabbuslar yurtimiz bo‘ylab keng quloch yozdi. Davlat va hududiy dasturlar eng quyidan, mahalla va qishloqlar inftratuzilmasi, odamlar hayot darajasidan kelib chiqib shakllantirilmoqda.

“Tashabbusli byudjet”ning yo‘lga qo‘yilishi bilan bu ishlarda aholining tashabbuslari va faol ishtiroki hal qiluvchi rol o‘ynamoqda. Rahbarlar ham hudud rivoji bilan bog‘liq reja va maqsadlarni aholining fikrlarini inobatga olgan holda, ular bilan bamaslahat tuzmoqda. Bunday munosabat davlat hokimiyati organlari va xalq o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlayapti, muammo va masalalarga o‘z vaqtida yechim topishga xizmat qilyapti.

Joriy yilning iyun oyida Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Urgut tumani Bahrin mahallasidagi Qo‘rg‘oncha qishlog‘ida bo‘lib, hudud infratuzilmasi va aholi turmush tarzi bilan tanishgan edi. Qishloq ahli bilan suhbat davomida viloyat hokimi hududda obodonlashtirish ishlarini olib borish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini bildirib, ichki yo‘llar hokimlik ko‘magida asfalt qilib berilishini aytgandi.

– Qishlog‘imizda ikki ming nafardan ziyod aholi yashaydi, – deydi Qo‘rg‘oncha mahallasida yashovchi mehnat faxriysi Abdizohir Ziyoyev. – Viloyat hokimi tashabbusi bilan qishlog‘imizda obodonlashtirish, qurilish-ta’mirlash ishlarini olib borish uchun 870 million so‘m mablag‘ ajratildi. Natijada qariyb 1,5 kilometrga yaqin ichki yo‘llarga asfalt yotqizildi. Shuningdek, 1991 yilda jamoa xo‘jaligimiz markazida – Kenagas mahallasida Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi munosabati bilan o‘rnatilgan ulug‘ mutafakkir haykali atrofi tuman hokimligi ko‘magida obod qilindi.  

Bu xayrli ishlarda qishloq ahli ham faol ishtirok etdi. Davlat tomonidan shuncha imkoniyat, qulaylik yaratib berilayotganidan ruhlangan qo‘rg‘onchaliklar o‘z yashab turgan joylarini yana ham obod qilishga hissa qo‘shdi. Xususan, obodonlashtirish va qurilish-ta’mirlash ishlarini olib borish maqsadida saxovatli tadbirkorlar tomonidan 450 million so‘m mablag‘ ajratildi. Buning evaziga qishloqqa kirish qismidagi ko‘prik ta’mirlandi. Markaziy ko‘chada 86 ta tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi, qabriston atrofi 800 metr devor bilan o‘raldi. Shuningdek, 180 metrli ayvon qurildi. Ayni paytda bu ezgu ishlar davom ettirilib, qishloqdagi nuroniylar choyxonasi ta’mirlanmoqda. Bu yerda ko‘rkam bog‘ tashkil etilyapti.

– Umummanfaatiga xizmat qiladigan ishlar hamjihatlikda bajarilsa, odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, mehr-oqibatni mustahkamlaydi, – deydi Abdizohir Ziyoyev. – Odamlar ahil-inoq, oqibatli bo‘lgan joyda baraka bo‘ladi. Hamma ishni davlat qilib berishi kerak, deb qarab o‘tirish yaramaydi. Mana, viloyatimiz hokimi qishloqni obod qilish bo‘yicha harakatlarni boshlab berdi, yo‘limiz ravon bo‘ldi. Qolgan ishlarni yana hokimiyat zimmasiga tashlab o‘tirsak bo‘lmasdi-da. El – katta kuch, hamma ishni bamaslahat, birgalikda amalga oshirishga kirishgandik, qishlog‘imiz obod bo‘lib qoldi. Yaxshi yashash uchun faqat orzu emas, harakat, intilish ham kerak.

28.11.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar