Surxondaryo viloyatida Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan joylarda yangi inshootlarni tantanali foydalanishga topshirish marosimlari davom etmoqda.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirlarda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, barchani bayram bilan muborakbod etdi. Yangilangan Bosh qomusimizda inson manfaatlari va uning qadr-qimmati ulug‘langanini ta’kidlab, tez va sifatli bunyod etilayotgan ijtimoiy soha inshootlari yurtimiz obodligi va xalqimizning farovon turmushini ta’minlashga xizmat qilajagi haqida so‘z yuritdi.
Sho‘rchi tumanida bo‘lib o‘tgan marosimlarda tumandagi 122-zaif eshituvchilar maxsus maktabining 200 o‘rinli o‘quvchilar turarjoyi, 150 o‘rinli oshxona va 125-ko‘zi ojizlar hamda zaif ko‘ruvchilar maxsus maktabining 120 o‘rinli yotoqxonasi va yangi sport zali foydalanishga topshirildi. Yangi binolar alohida e’tiborga muhtoj bolalarning ijtimoiy muhofazasini ta’minlash barobarida ularning sifatli ta’lim-tarbiya olishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Tuman markazidan o‘tuvchi “4R-592” avtomobil yo‘lining yangilangan 4 kilometr qismi, “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari joriy etilayotgan Xushchekka mahallasi idorasi, 92-oilaviy poliklinika yangi binosining ham tantanali ochilish marosimlari bo‘lib o‘tdi. Xushchekka mahallasida kutubxona, bolalar bog‘chasi, ingliz tilini o‘qitish, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish markazlari ham ish boshladi.
Davlat dasturi asosida qiyofasini tubdan o‘zgartirgan Uzun tumanidagi Yangi yo‘l mahallasi binosi ham foydalanishga topshirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |