2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Yangidiyor” yangi binoda ish boshladi

Jizzax viloyat Sharof Rashidov tumani “Yangidiyor” mahalla fuqarolar yig‘inida “Obod xonadon, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” dasturlari asosida hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bayrami arafasida  ushbu mahalla binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat, tuman hokimlari, sektorlar rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, mahallalar “beshliklari”, mehnat faxriylari, nuroniylar, mahalla fuqarolari, o‘quvchi va talaba yoshlar ishtirok etdi.  

Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev so‘zga chiqib, barchani Konstitutsiyamizning 31 yilligi bayrami bilan samimiy qutlab, “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida viloyatning Baxmal, Zafarobod va Paxtakor tumanlaridagi mahallalarda olib borilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari haqida gapirdi.  

Shuningdek, dasturlarni amalga oshirishda faollik ko‘rsatgan bir guruh fuqarolarga viloyat hokimining faxriy yorliq va ko‘krak nishonlari topshirildi.  

Sharof Rashidov tumanining “Yangidiyor” MFYda 6 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qiladi. Tumanning eng chekka hududida joylashgan ushbu mahallada shu paytgacha bu kabi bunyodkorlik ishlari bajarilmagan. Hududiy dasturlarda ham mazkur mahalla infratuzilmasini yaxshilash bilan bog‘liq loyihalar ko‘zda tutilmagan.  

Dastlab mahalladagi 1 ming 154 ta xonadonda istiqomat qiluvchi 1 ming 315 ta oila to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, har bir oila va uning a’zolari bilan bog‘liq masalalar, yechimini kutayotgan muammolar aniqlandi. Hududdagi elektr, gaz, suv ta’minoti, yo‘llar va ijtimoiy soha ob’ektlarining holati o‘rganildi. O‘rganishlar natijasi bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, har bir masala bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.  

Mahallada 8,5 kilometr ichki yo‘llarga shag‘al yotqizilib, 3,1 kilometr yo‘l asfalt qilindi. 4 kilometr piyodalar yo‘lagi qurildi.Mahallani tuman markazi va qo‘shni qishloqlar bilan bog‘lovchi yo‘lning 5 kilometr qismi, shuningdek, aholining elektr ta’minotini yaxshilash uchun 4 kilometr tarmoq yangilanib, 3 dona transformator mukammal ta’mirlandi, 3 dona yangi transformator, 100 dona temir- beton ustun o‘rnatildi.  

–Qisqa muddatda mahallamiz markazi binosi qurilib, foydalanishga topshirildi, – deydi faxriy pedagog Bosim Yusupov. – Shu paytgacha mahallamizning o‘z binosi yo‘q edi. Bundan tashqari, toza ichimlik suvi, gaz, elektr ta’minotimizda bugun hech qanday muammo qolmadi. Bu ishlarning boshida turgan Yurtboshimizdan, viloyat, tuman rahbarlaridan biz Yangidiyor mahallasi ahli juda-juda minnatdormiz.

“Obod xonadon” mezoni bo‘yicha mahalladagi uy-joylar homiylar ko‘magida ta’mirlandi. Xususan, qizil toifadagi 50 ta xonadon homiylar yordamida zamonaviy ko‘rinishga keltirildi.  

– Mahallamiz fuqarolarining bandligini va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida 14 nafar xotin-qizga tikuv mashinasi, 10 nafar fuqaroga asbob-uskuna va mehnat qurollari olib berildi, – deydi “Yangidiyor” MFY raisi Alisher Jonuzoqov. – 6 mingdan ortiq aholimizning 786 nafari yosh, mahallamizda istiqomat qilayotganlarning salkam 700 nafari mehnatga layoqatli. “Ayollar daftari”gi kiritilgan 86 nafar xotin-qizga moddiy yordam ko‘rsatilib, haq to‘lanadigan jamoa ishiga joylashtirilib, ushbu daftardan chiqarildi.  

Tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan 35 nafar fuqaromizga jami 1 milliard 155 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari olib berildi. 45 nafariga 356 million so‘mlik subsidiya olishiga ko‘maklashildi. Shu tarzda 80 dan ziyod fuqaroning bandligi ta’minlandi. Hududdagi “Oqtosh” qabristonida obodonlashtirish ishlari olib borildi.  

Hozirgacha tuman va viloyat tibbiyot muassasalari malakali mutaxassislari tomonidan mahallada istiqomat qiluvchi 2 ming 831 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Kasallik aniqlangan bemorlarning ambulator sharoitda yoki shifoxonada davolanishi uchun 97 kishiga zarur tavsiya va tibbiy muassasalarga yo‘llanmalar berildi.

Aholi madaniyatini yuksaltirish, hovli-joylarni toza-ozoda saqlash, oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, yoshlar tarbiyasida keksalarning rolini oshirish maqsadida davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan aholi o‘rtasida keng miqyosda tushuntirish-targ‘ibot ishlari ham olib borilmoqda. Ushbu yo‘nalishda har bir qishloqda uch avlod uchrashuvlari, “Bir nuroniyga o‘n nafar yosh” tadbirlari, “Zakovat”, “Zukko kitobxon”, “Munozara” intellektual o‘yinlari, sport musobaqalari muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.  

– Ushbu mahalladagi qurilish, obodonlashtirish ishlari hali davom etadi, – deydi Sharof Rashidov tuman hokimi Mahmud Xolbo‘tayev. – Mahalladagi 22-sonli maktabda sinf xonalari yetishmaganligi tufayli o‘quvchilar 3 smenada saboq olmoqda. Shuni hisobga olib, 2024 yildan yana bitta 660 o‘rinli maktab binosi qurilishiga kirishiladi. Shu mahalla hududida loyiha qiymati 25 million AQSH dollarlik elektronika zavodi ham  barpo etiladi.  

Tadbirlar nihoyasida tuman madaniyat uyi qoshidagi ayollar folklor etnografik xalq ansambli va ijrochi yoshlar ijrosida konsert dasturi namoyish etildi.  

09.12.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar