O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ishchi guruhi va Surxondaryo viloyat sudi rahbariyati Denov, Sherobod tumanlari hamda Termiz shahrida sud-huquq masalalariga oid ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.
Ikki kun davom etgan ochiq muloqotda fuqarolarning yuzdan ortiq murojaati tinglanib, tegishli tartibda ko‘rib chiqildi. Ularning 25 tasi jinoyat ishi, 70 ga yaqini fuqarolik ishi va o‘ndan ortig‘i ma’muriy ishga oid masalalar bo‘lib, 37 tasi joyida hal etildi. 63 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahat berildi.
Sayyor qabul doirasida taqdimnoma va iltimosnomalar asosida ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash va axloq tuzatish ishi jazosini o‘tayotgan 114 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.
–Jinoyat ishlari bo‘yicha Sherobod tuman sudida ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan 13 nafar mahkumning jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilib, manzil-koloniyadan ozod etildi,¬ –deydi Surxondaryo viloyat sudi jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘yicha bosh konsultanti Asqar Qudratov.¬ Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudida 4 nafar ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan mahkumning saqlash sharoiti o‘zgartirilib, umumiy tartibli koloniyadan manzil koloniyasiga o‘tkazildi. 5 nafar shaxsga oid ayblov xulosasi bo‘lgan jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 661-moddasiga asosan yarashuv asosida ko‘rilib, harakatdan tugatildi. 4 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi sudlar tomonidan ochiq sud majlisida ko‘rilib, ularga qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasi bekor qilindi va sud zalida qamoqdan ozod etildi.
Qabul jarayonlarida murojaatlari ijobiy hal etilgan fuqarolar davlatimiz va odil sudlovga minnatdorlik bildirdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |