Surxondaryo viloyatida Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy etilgan “Obod xonadon–obod ko‘cha –obod mahalla” mezonlari asosida yana bir chekka mahalla yangi qiyofada bo‘y ko‘rsatdi.
Muzrabot tumani markazidan 35 chaqirim olisdagi chekka Bog‘i eram mahallasida yirik hajmdagi qurilish-¬obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, hudud aholisining hayotdan rozi bo‘lib yashashi uchun barcha sharoit yaratildi.
Mahalladagi 610 oilada 2 ming 600 dan ortiq aholi yashaydi. Dastur doirasida 80 ta xonadon ta’mirlanib,, 1 kilometr davlat ahamiyatidagi, 1,7 kilometr ichki yo‘lga asfalt, 13,1 kilometr tuproq yo‘lga tosh yotqizildi. 1 ming 350 metr piyoda yo‘lagi qurilib, 7 ta transformator punkti ta’mirlandi. 71 ta temir-beton ustun o‘rnatilib, 4 kilometr oqova suv tarmog‘i qazildi.
Hududda “Obod xonadon¬ –obod ko‘cha –¬obod mahalla” mezonlari joriy etilgani nafaqat Bog‘i eram, balki Guliston, Fayziobod, Mohiyat, Chegarachi mahallalarini tuman markazi bilan bog‘laydigan ta’mirtalab ko‘prik 2 milliard 850 million so‘m mablag‘ evaziga tubdan rekonstruksiya qilinib, beshta mahallaga transport qatnovi uchun qulay sharoit yaratildi. Yangi mahalla idorasi, tikuvchilik sexi qurildi.
–Umrimning eng kuchga to‘lgan yillari dalada o‘tdi. Erta tongdan qosh qorayguncha g‘alla, paxta parvarishladik. Aqlimni tanibmanki, yozda chang, qishda loy kechib, yurdik,¬–deydi 84 yoshdagi Norboy Razzaqov.¬–Lekin hozirgidek obod va to‘kin hayotni ko‘rmadim. Mahallamizda amalga oshirilgan bu ishlar uch oyda bajarildi. Qarang, qishlog‘imiz shaharcha tusini oldi. Barcha qulaylik yaratilgan. Bunday go‘shada umr kechirish biz, keksalarning yoshimizga yosh qo‘shadi, yoshlarning o‘qish va ishlariga shijoat ulashadi. Shunday to‘kin hayot inom etayotgan davlatimizdan cheksiz minnatdormiz.
Mahallada yangidan bunyod etilgan va rekonstruksiya qilingan ijtimoiy soha binolarining tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov va O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Muhammadiyev ishtirok etib, mamlakatimizda keyingi yillarda inson qadrini ulug‘lashga qaratilayotgan e’tibor va yurtimizning olis, chekka hududlarida ham aholi turmush darajasini yuksaltirish yo‘lida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar haqida so‘z yuritdi. Mahalla ahlini tubdan yangilangan obod go‘sha bilan muborakbod etib, ularning hududni rivojlantirish yo‘lidagi ishlariga omad tiladi. Aholi xonadonlarida bo‘lib, turli oziq-ovqat ekinlari yetishtirilayotgan tomorqa yer egalari bilan suhbatlashdi.
Tantanali tadbirda bir guruh mahalla fuqarolariga “Mahalla iftixori”, “Namunali tomorqachi” kabi ko‘krak nishonlari topshirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |