Yangi yil bayrami arafasida Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida bir qator ijtimoiy soha ob’ektlari foydalanishga topshirildi.
Yakuniga yetayotgan yilda tumanda 28 ta ijtimoiy soha ob’ektida qurilish-montaj ishlari olib borildi. Bu maqsadlar uchun qariyb 50 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.
Jumladan, 12 ta umumta’lim maktabi zamon talablariga moslashtirilib, o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi. 8 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. 2 ta umumta’lim maktabida zamonaviy sport zali, 2 ta umumta’lim maktabida faollar zali va kutubxona qurildi.
Tuman aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida 2 ta oilaviy shifokorlik punkti, tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘limi bunyod etildi, 1 ta oilaviy shifokorlik punkti kapital ta’mirlandi.
– Bu kabi qurilish-bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari xalqimiz farovonligiga, ular uchun munosib turmush sharoiti yaratishga qaratilgan, – deydi Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov. – Kelgusi yilda bundan ham ko‘p ob’ektlar qurishni rejalashtirganmiz. Xalqimiz hamjihat bo‘lib, amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlasa, yonimizda tursa, bundan ham yuqori natijalarga erishamiz, albatta.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |