Shu kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Toshkent viloyatida ham Yangi yil bayrami ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanyapti.
Bu yil ham hududda viloyat hokimligi bir qator tegishli tashkilotlar hamkorligida Yangi yil bayramini yuqori saviyada o‘tkazish, bolalarga quvonch ulashish uchun puxta hozirlik ko‘rildi.
Toshkent viloyati hokimi va sektor rahbarlari ishtirokida ehtiyojmand oilalar farzandlari va boquvchisini yo‘qotgan bolajonlar uchun bayram tashkil etildi. Ularga Prezident sovg‘alari tarqatildi.
Zoyir Mirzayev barcha bolalarni bayram bilan tabrikladi. Yoshlarni sog‘lom va barkamol tarbiyalashga alohida e’tibor qaratish, ularning munosib sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishi va ulg‘ayishi muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.
Ta’kidlash lozimki mazkur sovg‘alar viloyatdagi 970 nafar oilaviy bolalar uylari, boquvchisini yo‘qotgan, chin yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, shuningdek, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar farzandlariga berildi. Shu munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlarda tuman-shahar hokimlari bolajonlarni xursand qilish uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi.
Bundan tashqari, bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash aksiyasi o‘tkazildi. Unda 400 nafardan ortiq bolajonlarga oziq-ovqat, kiyim-kechak va shu kabi kundalik turmushda zarur bo‘ladigan mahsulotlar olib berildi.
Buning uchun har bir mutasaddi rahbar o‘ziga biriktirilgan yoshlarni 3 kun mobaynida birga olib yurib, ish faoliyati va kun tartibi bilan tanishtirdi. Murg‘ak qalb egalarining "Yangi yil" kayfiyatini his qilishi uchun mas’ullar ularni bayram tadbirlari va savdo bozorlariga olib borib, bolajonlar tanlagan libos, buyumlarni xarid qildi.
"Yangi yil – orzu-umidlar va ulkan niyatlar bayrami" bosh g‘oyasi ostida tashkillashtirilgan mazkur xayrli ishda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida bolajonlar bilan hokimlik binosiga sayohat uyushtirildi hamda ular bilan maroqli suhbat qurildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |