2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Zarbdor” obod mahallalar safiga qo‘shildi

Ortda qolgan 2023 yilda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan va butun mamlakat bo‘ylab ommalashgan xayrli tashabbus – “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Namanganda ham tumanlardagi og‘ir iqtisodiy-ijtimoiy ahvoldagi, “qizil” toifadagi mahallalarda katta obodonlashtirish ishlariga qo‘l urildi. Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, viloyat hokimligi, tijorat banklari mas’ul xodimlari, sektor rahbarlari hamda hududiy hokimliklar bilan birga olib borilgan ishlar natijasida yillar davomida yig‘ilib qolgan ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga yechim topildi.  

To‘raqo‘rg‘on tumanidagi “Zarbdor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ham ulkan bunyodkorlik ishlari bajarildi.  

“Zarbdor” MFY 1991 yilda tashkil etilgan bo‘lib, umumiy yer maydoni 138 gektarni tashkil etadi. Hududdagi beshta ko‘chada mingdan ziyod xonadonda yashovchi 4 ming 500 ga yaqin aholi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadi.  

– Yurtimizdagi ma’murchilikdan diling shodlikka to‘ladi. Mahallada 674,3 million so‘m evaziga zamonaviy MFY idorasi binosi qurildi, – deydi To‘raqo‘rg‘on tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Akmaljon To‘rayev. – Mahalla hududining kirish qismida 60 million so‘mga ikkita ramziy darvoza barpo etildi. Ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan 514 ta xonadonga 6,5 kilometr tarmoq tortishga 312 million so‘m sarflandi.  

Qolaversa, quvvati 250 kVA bo‘lgan bitta yangi transformator o‘rnatilib, 1,4 kilometr elektr tarmog‘i tortildi. 99 dona yangi temir- beton tayanch ustun o‘rnatildi, to‘rtta mavjud transformator mukammal ta’mirlandi. Ko‘chalarga 130 ta tungi yoritish chirog‘i qo‘yildi.  

Shuningdek, 258,5 million so‘m hisobidan to‘rt kilometr ichki yo‘llarga shag‘al to‘kildi, 0,3 kilometri asfalt qilindi. Adolat va Do‘stlik ko‘chalarining 1,3 kilometr qismi ravon bo‘ldi.  

Ta’kidlash joiz, 3,7 kilometr lotok, ariq-zovurlar tozalandi. 35 ta xonadon ta’mirlanib, 625 tasining tashqi devorlari oqlandi, 20 tasi elektr tarmog‘iga ulandi. Mahallaning sobiq binosi “Un art by design” xususiy korxonasiga foydalanish uchun berilishi natijasida 20 nafar ishsiz ayol doimiy ish bilan ta’minlandi.  

250 nafar ishsiz fuqaro doimiy va mavsumiy ishga joylashtirildi, 103 nafari esa o‘zini-o‘zi band qildi. Hokim yordamchisining tavsiyasiga asosan 26 nafar ishsiz xotin-qizga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun subsidiya asosida tikuv mashinalari va qandolatchilik dastgohlari topshirildi.  

“Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar taqdimotida qatnashgan Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov  yig‘ilganlarni tabriklab, xonadon egalari bilan samimiy muloqotda bo‘ldi.  

04.01.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar