2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangicha yondashuv joriy etiladi

2024 yil – Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili

Bugun mamlakatimizda yoshlar masalasi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Joriy yil davlatimiz rahbari tomonidan “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”, deb e’lon qilindi. Bundan ko‘rinib turibdiki, joriy yil ham yoshlarimiz uchun kutilmagan yutuqlarga boy bo‘ladi.  

O‘tgan yil mobaynida 338 ming yigit-qizga yoshlar yetakchilari tavsiyasi bilan 444 milliard so‘mlik yordam ko‘rsatilgan. Bu mablag‘lar talabalarni o‘qitish uchun, jumladan, chet tili va kasbga o‘qitish uchun hamda mehnat qurollarini olish uchun sarflangan.  

“Besh tashabbus olimpiadasi” 4 yo‘nalishda, xususan, mahalla, maktab, professional ta’lim va oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazildi. Butun loyiha bo‘yicha 12 million nafar yosh qamrab olindi. G‘olib bo‘lgan yoshlarning mahallalarida 623 ta sport maydonchalari barpo etildi.  

Shuningdek, 2023 yilda “Yoshlar daftari” orqali ko‘rsatiladigan yordam turlari 30 taga yetdi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddati esa 30 kundan 5 kunga qisqardi.  

396 ming nafar yosh mutasaddi rahbarlarga biriktirildi, 94 ming nafar yoshning bandligi ta’minlandi. Shuningdek, 56 ming nafar yosh kasb-hunarga o‘qitildi.  

Har bir mahallada “Yoshlar bandligi dasturi” asosida 236 ming nafar yigit-qiz ishli bo‘ldi. 189 ming maktab bitiruvchisi oliy va professional ta’limga qamrab olindi. Belgilab olingan ustuvor vazifalarga ko‘ra,  joriy yilda har bir hudud, vazirlik va idoralar tizimida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangicha yondashuv joriy etiladi. Yoshlar yetakchisi tavsiyasi bilan beriladigan yordam turlari transformatsiya qilinib, asosiy e’tibor ularni zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatishga qaratiladi.  

Bolalarning ko‘nikmalari, qiziqishlari va iste’dodini rivojlantirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston bolalar tashkilotini tuzish rejalashtirilgan.  

“Ibrat farzandlari” loyihasi orqali xorijiy tillarni o‘rganayotgan yoshlar sonini 1 millionga, “Mutolaa” dasturi orqali yosh kitobxonlar sonini 1,5 millionga yetkazish choralari ko‘riladi.  

09.01.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar