Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida xalqimizning turmush farovonligini yaxshilash, odamlarimizning baxtli yashashini ta’minlashdek ezgu maqsadlar mujassam.
Zero, xalq bilan muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish, ijobiy hal etish ustuvor masala sifatida ilgari surilgani xalqimizning davlatdan, jamiyatdan rozi bo‘lishida muhim omil bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi Xalq qabulxonasiga Cho‘lquvar mahallasida yashovchi fuqaro Qayum Ortiqov murojaat qiladi. U yashash sharoiti og‘irligi, bir nafar farzandi ikkinchi guruh nogironi ekanligi, shu bois dori-darmonga ko‘p mablag‘ sarflayotgani, o‘zi esa nafaqadaligini, yashab turgan uyining tom qismi ta’mirtalab ekanligi tufayli chakki o‘tib, bundan aziyat chekib kelayotganligi, ta’mirlash uchun mablag‘i yetarli emasligini ma’lum qilib, ushbu masalada amaliy yordam so‘raydi.
–Murojaat yuzasidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro Qayum Ortiqovning xonadoniga borib holidan xabar olindi, –deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qorovulbozor tuman Xalq qabulxonasi mudiri I.Karimov. –Dastlab tuman hokimligi, tuman soliq inspeksiyasi, 4-sektor, jamoatchilik vakillaridan iborat ishchi guruhi xonadondagi ahvolni o‘rgandi. Homiylarni jalb qilgan holda uyining tom qismi shifer qoplamasi bilan qoplab berildi.
Ma’lumot uchun: Qorovulbozor tumani Xalq qabulxonasiga 2023 yil davomida jami 865 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati kelib tushgan. Kelib tushgan 865 ta murojaatning 406 tasi ya’ni 47 foizi ijobiy hal etilgan.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |