Andijon viloyatida joriy yilda tanlab olingan Asaka tumanidagi Ergashobod, Oltinko‘l tumanidagi Intizom, Xo‘jaobod tumanidagi Yangi hayot, Shahrixon tumanidagi Oqoltin mahallalarida “Obod mahalla – obod xonadon – obod ko‘cha" dasturi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu dastur asosida viloyat hokimligi, mutasaddi va mas’ul tashkilotlar vakillari tomonidan mahallalarda olib boriladigan qurilish, obodonlashtirish, infratuzilmasini yaxshilash va targ‘ibot ishlari yuzasidan rejalar ishlab chiqilib, amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, shu kunlarda Asaka tumanidagi Ergashaobod mahallasi ko‘chalari yo‘llarga beton qoplama yotqizish, ariqlarni tozalash, ko‘cha va guzarlarni obodonlashtirish, yo‘l bo‘yidagi aholi uylari, yolg‘iz yashovchi keksalar xonadonlarini tartibga solish, ta’mirlash, shu bilan birga, tabiiy gaz, ichimlik suvi hamda eyektr energiyasi ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. Bundan kattayu kichik behad xursand bo‘lmoqda.
Ayniqsa, aholi salomatligini muhofaza qilish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tuman tibbiyot birlashmasi shifokor va hamshiralari mahalladagi har bir xonadonga kirib, xonadon a’zolari bilan suhbatlar o‘tkazmoqda, salomatliklarini tekshirmoqda. Bundan tashqari, aholi vakillari ishtirokida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish, xonadonlar pokizaligi va ozodaligini saqlash, fuqarolarning tibbiy savodxonligi yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi, tuman tibbiyot birlashmasi tashabbusi bilan mahalla aholisining tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi ana shu yo‘nalishdagi ishlardan biri bo‘ldi. Ko‘rikda mahallaga olib borilgan UTT, EKG, mamografiya apparatlaridan keng foydalanildi.
Malakali shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik jarayonida 52 nafar fuqaroda turli kasalliklar borligi aniqlanib, ularga ambulator sharoitda va tegishli shifoxonalarda davolanishi uchun tavsiya, bir guruhiga esa bepul davolanishi uchun yo‘llanmalar berildi.
Umuman, mahallada dastur doirasida amalga oshirilishi belgilangan keng ko‘lamli ishlar qizg‘in davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |