2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Aholiga qulaylik yaratilmoqda

Toshkent tumanida uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi sohalarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani va press-tur tashkil etildi.

Mazkur yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislar tomonidan 2023 yilda hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda aholi yashashi uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi. 

Tadbirda Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan uy-joy, qurilish, kommunal xo‘jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan vazifalar ijrosi bo‘yicha qilinayotgan ishlar haqida so‘z bordi. 

Jumladan, o‘tgan davrda 93 ta ob’ektda qurilish ishlari olib borilib, shulardan 73 tasi foydalanishga topshirildi. Natijada 107,2 kilometr ichki yo‘llar qurildi va ta’mirlandi, 54,4 kilometr yangi suv tarmoqlari tortildi, 15,1 kilometr yangi oqova tarmoqlari qurildi. Bundan tashqari, 1 ta maktabga qo‘shimcha bino qurildi. 1 ta yangi mahalla binosi va 3 ta yangi bog‘cha, 2 ta madaniyat uyi foydalanishga topshirildi. 17 ta ko‘p qavatli turar joylar (550 ta xonadon) o‘z egalariga tayyor holda berildi. Bu ishlarga jami 200 milliard so‘m mablag‘ sarflandi. 

Press-tur ishtirokchilari dastlab tumandagi 30 ta ko‘p-qavatli uyga xizmat ko‘rsatuvchi “Issiqlikmanbai” Keles filialining markaziy qozonxonasida bo‘ldi. Bu yerda qayta rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, xorijdan keltirilgan zamonaviy isitish tizimlari o‘rnatildi. Muhimi, aholida endilikda isitish ta’minotiga oid muammolar bo‘lmaydi. 

Shundan so‘ng jurnalistlarga Qirqariq mahallasidagi asfaltlangan ko‘chalar ko‘rsatildi. Bu yerdagi ayrim ko‘chalar oxirgi 30 yildan beri ta’mirlanmagan edi. Buni e’tiborga olib, o‘tgan yili ikki bor “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida aholining eng ko‘p to‘plangan ovozlari hisobiga mablag‘ ajratildi. Shu yerlik 85 yoshli nuroniy Ismatilla Novchayevning ta’kidlashicha, bu sa’y-harakatlarda mahalla raisining ham xizmati katta bo‘lgan. Aholi uyushqoqlik ko‘rsatsagina mavjud muammolar bartaraf bo‘lishi, jamoatchilik nazorati o‘z natijasini berishi isbotini topdi. 

Press-turda jurnalistlar E’zoz mahallasida ham bo‘lib, Prezidentimizning 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bilan tanishdi. 

– Ko‘p yillardan beri hududimizda ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar bor edi, – deydi mahallada yashovchi Shuhrat Shoyunusov. – Prezidentimiz qarori bilan bu ham ijobiy yechimini topdi. Ko‘chalarimizga 850 metr ichimlik suvi quvurlari tortildi va har bir xonadon ehtiyoji ta’minlandi. Hududimizdagi 364 ta xonadonda 2 ming nafardan ziyod aholi yashaydi. Ular bunday qulayliklardan mamnun. 

Press-tur davomida jurnalistlar mutaxassislar va fuqarolar bilan suhbatlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. 

01.02.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar