2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ma’naviyat sektori mahallani yangi kuchga aylantiradi

Har bir amalida “Mahalla-ko‘y nima deydi?" degan savol asosida ish tutadiganlar mahallaning chinakam farzandi hisoblanadi. Aholisining tashvishlarini o‘ziniki, deb bilgan mahallalar esa xalqning vijdoni demakdir.

Bu yo‘nalishda hududlarimizdagi mahallalarda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan ham muhim ma’naviy tadbirlar tashkil etib borilmoqda. Shular xususida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh mutaxassisi Pardaxol НOРҚOБИЛOВАning fikrlariga qiziqdik.

– "Mahalla – xalq vijdoni", degan purma’no so‘zlar yildan-yilga sayqallanib bormoqda. Chunonchi, har qanday inson ostona bosib, ko‘chaga chiqishi bilan uni mahallasi qarshi oladi. Yaxshi kunida yelkadosh, tushkun onida maslakdosh bo‘ladigan ham mahalladir.

O‘zini o‘zi boshqarishning muhim instituti bo‘lmish mahalla faoliyatining huquqiy asoslarini takomillashtirish masalasi Davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan vazifa sifatida baholanib, alohida e’tibor qaratib kelinayotgani bejiz emas, albatta.

Jumladan, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tegishli hududda tadbirkorlik faoliyatini, oilaviy tadbirkorlik va hunarmandchilik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish maqsadida maslahat markazlarini tashkil etish huquqiga egaligi belgilandi.

Fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovlarini o‘tkazish tartibi yanada takomillashtirilib, rais lavozimiga nomzodlarning kasbiy sifatlariga bo‘lgan qo‘shimcha talablarni belgilashga oid muhim o‘zgartish va qo‘shimchalar bilan boyitildi.

Mahallalarning boshqaruv xodimlari soni soliqchi va ijtimoiy xodim qo‘shilishi hisobiga 5 tadan 7 taga ko‘paydi. Mahallaning o‘zida 70 dan ortiq masala, jumladan, moddiy yordam va kreditlar hal etilishi, tizim esa to‘liq raqamlashtirilishi, mahalla raisining vakolatlari kengayishi bugungi ustuvor vazifalardan biri sifatida amalga oshirilmoqda.

– Davlatimiz rahbari 2023 yil 16-17 noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Ma’naviyat va ma’rifat Kengashlarining ishchi tuzilmasi sifatida hududlardagi to‘rtta sektorga qo‘shimcha beshinchi – “Ma’naviyat sektori”ni tashkil qilish bo‘yicha taklif bildirgan edi. Bugun bu borada qanday ishlar amalga oshirildi?

– Darhaqiqat, Prezidentimizning 2023 yil 16-17 noyabr kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida 5-sektor sifatida “Ma’naviyat sektori”ning tashkil qilinishi,  sektorning “Surxondaryo tajribasi”ni yaratish vazifasi belgilab berilgani ko‘plab tizimlar kabi mahalla jamiyatning ma’naviy qiyofasiga aylantirilishi bo‘yicha yangi kuchlarni harakatga keltirdi.

Shu o‘rinda “Ma’naviyat sektori”ning vazifalariga qisqacha to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, ushbu sektorga tashkilot va korxonalarning mas’ul rahbarlari, ziyolilar biriktirilib, hududlarning ijtimoiy-ma’naviy xaritasi yaratiladi.

Sektor jamiyatdagi mavjud muammolarga tizimli yondashib, amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtiradi hamda mazkur sohadagi vazifalar bo‘yicha javobgar hisoblanadi.

Mahallalarda ma’naviyat sektorini tashkil qilish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish bilan birga, aholi keng qatlamini kitobxonlikka jalb etish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, madaniyat va san’atga oshno qilish, unutilib ketilayotgan milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni ommalashtirish hamda xalqimiz orasida mehr-oqibat tuyg‘ularini kuchaytirish kabi bir qator muhim vazifalarni maqsadga aylantirdi.

Bugungi kunda bizning oldimizga qo‘ygan asosiy maqsadimiz mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, boqimandalik kayfiyatini yo‘qotish, mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli bunyodkorlik ishlarini xalqimizga yetkazish, eng oliy ne’mat bo‘lgan mustaqillik va tinchlikni qadrlash, shukronalik to‘yg‘ularini shakllantirishdan iboratdir.

Mahallalarda kutubxonalar faoliyatini takomillashtirish, kitobxonlik madaniyatini oshirish, aholini keng ko‘lamda kitobxonlikka qaytarish, vaqtli matbuot nashrlariga obunani yo‘lga qo‘yish, har bir xonadonga “Sharq yulduzi”, “Saodat”,  “Tafakkur”, “Jahon adabiyoti” jurnallari, “Yangi O‘zbekiston”, "Xalq so‘zi", “Jadid”, “Kitob dunyosi”, "Hurriyat" kabi gazetalar kirib borishini yo‘lga qo‘yishimiz kerak.

Shuningdek, mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda har bir mahallada manzilli chora-tadbirlar rejasini belgilab olish va ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotni yo‘lga qo‘yish, yettilik faoliyatini uyg‘unlashtirish ham maqsadga muvofiqdir.

 Shu sababli, Markazimizning mas’ul xodimlari hududlardagi mahallalarda bo‘lib, ma’naviyat sektorini tashkil etish bo‘yicha uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatishmoqda.

Misol keltiradigan bo‘lsak, bu yo‘nalishda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani hokimligi hamkorligida hududning Aliboy Bo‘tayev nomidagi mahallasida “Namunali mahalla “Ma’naviyat sektori” tashkil etilib, sektor faoliyati bo‘yicha bir qancha amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Shuningdek, mahallaning ma’naviy qiyofasini aks ettiruvchi bir qator loyihalar asosida marafon va “Bizning obod mahallamiz” loyihasi doirasida “Onam ekkan rayhonlar” aksiyalari tashkil etildi. Mahallalar ko‘chalari, xonadonlar eshiklari oldini obodonlashtirish, mavsumiy ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘tkazildi. Natijada 4 nafar qiz va 2 nafar kelin tuman hokimligining qimmatbaho sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

“Mahallamizda hashar” loyihasi doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan oila – O.Turdiyevaning xonadonida tuman hokimligi homiyligida mahalla yoshlarini jalb etgan holda hashar uyushtirilib, ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

“Sport hamroh – sport do‘st” loyihasi asosida, mahallada o‘g‘il bolalar o‘rtasida futbol, qiz bolalar o‘rtasida voleybol jamoasi tashkil etildi. Mahalladagi “Oqarbuloq tongi” ashula va raqs etnografik ansambli faoliyati qayta jonlantirildi. Aliboy Bo‘tayev nomidagi mahallada “Mening mahallam – ma’naviyat maskani” mavzusida ma’naviyat marafoni ham tashkil etildi.

Mazkur marafon doirasida “Assalomu alaykum – dunyodagi eng shirin kalom”, “Mahalladagi fayzli va ixcham to‘y”, “Mahallamning obod xonadoni”, “Yor-yor aytgan onalar”,“Alla – sehrli qo‘shiq”, “Sport hamroh – sport do‘st”, “Mening mahallam – jinoyatdan xoli mahalla”, “Mahallamning manzur qizi”, “Mahallamning alp yigitlari”, “Qaynonam – onam mening, kelinim – bolam mening”, “Sarishtali kelin – farishtali kelin”, “Kitobxon ona – kitobxon bola” tadbirlari va tanlovlari tashkil etildi.

Homiylik asosida “Xonadon kutubxonasi uchun 20 dona kitob”, “Nabiram uchun eng yaxshi sovg‘a – kitob”, “Yosh oilaga 50 dona kitob” kitobxonlik aksiyalari ham tashkil etildi. “Mahallam – ma’naviyat maskani” marafonining yakuniy tadbirida nominatsiya g‘oliblari va faol ishtirokchilari Oltinsoy tumani hokimi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Davlatimiz rahbari “Jamiyat  hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir”, deb bejiz ta’kidlamadilar.

Bugungi kunda hududlarda to‘rtta sektorga qo‘shimcha ravishda Beshinchi – “Ma’naviyat sektor”larining tashkil etilayotgani iqtisodiyot bilan ma’naviyatning uyg‘unligi va chambarchasligini belgilab beradi.

30.01.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar