Sirdaryo viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev Yangiyer shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
“Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan turarjoylarning topshirilishi belgilangan muddatlardan kechikayotgani tanqid qilindi. Hududdagi ijtimoiy soha ob’ektlarini qurishda salohiyatli loyihachi va pudratchi tashkilotlarni tanlash maqsadga muvofiqligi aytildi.
Binokor mahallasini “Obod xonadon –Obod ko‘cha – Obod mahalla” mezonlari asosida og‘ir hudud toifasidan chiqarish borasida qilinayotgan ishlar, “Mahalla yettiligi” va shahar mutasaddilari oldida turgan vazifalar muhokama etildi. Bunda tomorqalardan foydalanish samaradorligini oshirish va yangi tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash birinchi galdagi ustuvor vazifalardan biri ekanligi uqtirildi.
Akmaljon Mahmudaliyev, shuningdek, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali talabalari bilan ham uchrashdi. Unda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya, sport, san’at, ilm-fan, ijod, xullas, barcha jabhalarda talaba-yoshlar kelajagi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar, davom etayotgan sa’y-harakatlar haqida so‘z bordi. Talabalar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oqibatlari xususida fikr almashildi.
Viloyat hokimi talabalarni xorijiy tillar va yangi texnologiyalarni chuqur o‘rganish, kasb-hunarli bo‘lishga chorladi. Shuning bilan birga, ularning ilmiy ishlanmalarini amaliyotga tatbiq etish uchun ilm-fan va ishlab chiqarishni o‘zaro integratsiya qilish zarurligini ta’kidladi. Uchrashuvda yoshlarning taklif va tashabbuslari ham tinglandi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |